Tushda tovus ko'rsa nima bo'ladi

TOVUS (TOVUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi nar tovus Ajam podshohidir. Agar tushida nar tovusi borligini ko‘rsa, podshoxdan izzat va mol topishiga dalildir. Agar tovusning moda ekanini va tovus o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, chiroyli va ulug‘ ajam xotinga uylanishiga, undan mol va farzandlar topishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida tovusning kaptar bilan juftlashganini ko‘rsa, qo‘shmachilik qilishiga dalildir.


Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi tovus yaramas ayoldir. Agar tushida nar tovus u bilan so‘zlashganini ko‘rsa, mansab topishiga dalildir. Agar tushida tovus va qirg‘ovul birga turganini ko‘rsa, begona erkak xotini bilan buzuqlik qilishiga dalildir. Agar uyidan tovus uchib chiqib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Agar qo‘lida tovus borligini ko‘rsa, molu ne’mat topishiga dalildir. Agar tovusning bolasini tutib olganini ko‘rsa, oilasida qiz tug‘ilshiga dalildir. Agar nar tovus qo‘lidan uchib chiqib ketganini ko‘rsa, podshoxdan judo bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tovus ikki narsani bildiradi: ajam podshohini; xazina va molni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda kaptar, kabutar ko'rsa nima bo'ladi

KAPTAR (KABUTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kaptar xotin yoki kanizak bo‘ladi. Agar tushida kaptar tutib olganini ko‘rsa, xotin olishi va xotini qiz tug‘ishiga dalildir. Agar ko‘pgina kaptarlarni tutib olsa, kaptarlarning soniga...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda qirg'ovul ko'rsa nima bo'ladi

QIRG‘OVUL (TAZARV) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qirg‘ovul sotqin odam bo‘ladi, moda qirg‘ovul esa aldovchi ayoldir. Ta’birchilarning aytishicha, qirg‘ovul hiyla bilan qo‘lga kiritilgan harom mol bo‘ladi. Tushida qirg‘ovul ko‘rsa,...

Tushda qirg'iy ko'rsa nima bo'ladi

QIRG‘IY (CHARG‘) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi qirg‘iy podshoh bo‘ladi. Agar vahshiy qirg‘iy ko‘rsa, balog‘atga yetgan farzandga dalil bo‘ladi. Agar qirg‘iyni tutib olganini va u bilan ov qilayotganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishini...



Fikr qo'shish

Наверх