Tushda suv ombori ko'rsa nima bo'ladi

SUV OMBORI (OBXONA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, kimki tushida suv ombori qurayotganini ko‘rsa, uning mol-dunyo yig‘ishga haris bo‘lishiga va o‘z molidan hech narsa xarj qilishni xohlamasligiga dalildir.

Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, yengil tabiatli ayolga ega bo‘ladi va bu ayol haromxo‘r va bediyonat bo‘ladi. Agar suv omborida hojat ushatayotganini ko‘rsa, o‘z molini sarf qilishiga dalildir. Omborxonada yiqilganini yoki suv chohiga tushub ketganini ko‘rsa, mol jamlashga mukkasidan ketishiga dalildir. Agar bir kishi o‘zi bunyod qilgan suv omboriga yiqilib tushsa, birovning molini zo‘rlik bilan tortib olishiga dalil bo‘ladi. Agar suv chohiga yiqilsa va qo‘l-oyog‘i singanini ko‘rsa, og‘ir kulfatga duchor bo‘lishiga dalil bo‘ladi.


Hazrati Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda suv omborini ko‘rmoq besh narsaga dalil bo‘ladi: harom molga; dunyo maishatiga; xazinaga; xarom ishga; haromxo‘r xodima ayolga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda zanjirlamoq ko'rsa nima bo'ladi

ZANJIRLAMOQ (BAND NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar kishi tushida oyog‘iga po‘lat zanjir solinganini ko‘rsa, dini nuqsonli bo‘lishi, yolg‘ondan musulmonlikni da’vo qilishi, baxillik sohibi bo‘lib, undan hech kimga biror narsa...

Tushda go'ng, tezak ko'rsa nima bo'ladi

GO‘NG VA TEZAK (SARGIN) Ibn Sirinning aytishicha, ot va sigirning go‘ngi molu ne’matni bildiradi. Tushida ko‘p go‘ngni ko‘rsa, molu ne’matning ko‘p hosil bo‘lishiga dalildir. Erkak kishining go‘ngi harom moldir. Agar o‘z joyini ifloslab qo‘yganini...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda oyoq ko'rsa nima bo'ladi

OYOQ (POY) Doniyol (a.s.) aytadilar: Kimki bir oyog‘ini kesilganini yoki singanini ko‘rsa, yarim moli ketishiga dalildir. Agar har ikki oyog‘ining kesilganini yoki singanini ko‘rsa, barcha moli ketishiga yoki o‘zining o‘lishiga dalil bo‘ladi....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх