Tushda saroy ko'rsa nima bo'ladi

SAROY (SAROY) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, agar tushida begona bir saroyga kirib qolganini, bu yerda hech kimni tanimasligini va saroyda murdalar yurganini ko‘rsa, bu oxirat saroyi ekanini va ajali yaqin ekaniga dalildir. Agar saroyga kirgani va yana qaytib chiqkanini ko‘rsa, kasal bo‘lishi, o‘lishiga yaqin qolishi va yana shifo topishiga dalildir. Agar tanish saroyga kirgani, saroy loydan bunyod qilinganini ko‘rsa, halol rizq topishiga dalildir. Agar saroyning pishiq g‘ipgg va ganjlardan qilinganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.

Agar bu saroydan chiqqanini ko‘rsa, haromdan tavba qilishiga dalildir. Agar keng va katta saroyga kirib qolganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar saroyni kichik va tor ekanini ko‘rsa, yuqoridagining aksidir.


Agar tushida keng va katta saroyni ko‘rsa, saroy ichida ko‘shk va ayvonlar bo‘lsa, oxirat saroyida sharaf va izzat topishiga dalildir, biroq uning mavzeiga musibat yetadi. Agar o‘sha saroy singanini yoki kuyganini ko‘rsa, saroy sohibiga musibat yetishiga dalildir. Agar saroy yeri katta va keng bo‘lib qolganini ko‘rsa, kengligi mikdoricha dunyo rizqi unga keng bo‘lishiga dalildir, agar buning aksini ko‘rsa, rizq unga tor bo‘lishiga dalildir. Agar uning saroyini kavlashayotganini ko‘rsa, namoz va ibodatni kam qilayotganiga dalildir. Agar eski bir saroyni qulayotganini ko‘rsa, yaxshiliklar eshigining ochilishiga va shod bo‘lishiga dalildir. Agar yangi va ozoda bir saroyga kirganini ko‘rsa, agar boy bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga, agar kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, agar yangi saroy o‘rtasida turganini ko‘rsa, qizi yoki opa-singlisi kelishiga dalildir. Yana uning aytishicha, saroy ichidagi suppa ota va onaga dalolat qiladi.

Agar saroyining suppasi yangi va ozoda ekanini ko‘rsa, ota va onasining tandurust bo‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, kimki tushida katta va ozoda saroyga kirganini va bu saroy o‘ziniki ekanini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishi, izzat va obro‘ topishi, chiroyli xotin olishi va amal topishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, boy erkakka tegishiga dalildir.

Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda saroy ko‘rish sakkiz narsaga dalil bo‘ladi: erkak uchun xotinni, xotin uchun erkakni; badavlatlilikni; omonlik; yaxshi hayotni; molni; amalni; izzatni; omonatni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda yer, zamin ko'rsa nima bo'ladi

YER (ZAMIN) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi yer xotinni bildiradi. Agar tushida katta va keng yeri borligini ko‘rsa, buning barisi diydor va yuz ko‘rishishga dalildir. Agar o‘sha yer toza bo‘lsa, uning soliha xotinlari bo‘lishi va...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...



Fikr qo'shish

Наверх