Tushda momaqaldirol ko'rsa nima bo'ladi

MOMAKALDIROQ (TUNDAR) Tundar forscha bo‘lib, arab tilidagi ra’d (momaqaldiroq)ni bildiraDi. Tushda momaqaldiroqni ko‘rmoq amaldorlar yoki avom xalqiga yetadigan xavfni bildiradi.

Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar momaqaldiroqni yomg‘ir bilan birga ko‘rsa, odamlarga yetadigan xavf va vahima kamroq bo‘ladi, ne’mat va yaxshilik esa ko‘proq bo‘ladi. Agar yomg‘irning shiddat bilan yog‘ayotganini va momaqaldiroqning dahshat bilan o‘kirayotganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchiga yetadigan qo‘rqinch ota-onaning duosidan ekaniga dalildir. Agar momaqaldiroqning ovozi past, yomg‘ir esa oz ekanini ko‘rsa, yetadigan qo‘rqinchli ish o‘z ahlidan yoki zohid va solih kishilarning duolari sababidan ekanligiga dalildir.


Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi momaqaldiroq besh narsaga dalildir: azobga; hikmatga; zahmatga; savlatga va podshohning g‘azabiga.
Agar momaqaldiroq ovozini yomg‘ir yog‘ayotgan paytda eshitsa, o‘sha diyorda xayru barakat yuz berishiga dalildir. Agar yomg‘irni, momaqaldiroq va chaqmoqni ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga podshohdan qo‘rqinch va xavf yetishini bildiradi. Agar yomg‘ir bilan birga do‘l yog‘ayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda fitna, azob va halokat yuz berishini bildiradi. Agar momaqaldiroqning qattiq guldirashini eshitsa, podshohning haybati o‘sha diyorga yoyilishini bildiradi. Agar momaqaldiroq va chaqmoq birga bo‘lib, havoning qorong‘ulashib ketganini ko‘rsa, sitamgar podshohning paydo bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda yomg'ir ko'rsa nima bo'ladi

YOMG‘IR (BORON) — Doniyol (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yomg‘ir Xudoyi ta’olo tomonidan bandalariga yetuvchi rahmat va barakatga dalolat qiladi, bordi-yu, yomg‘ir umumiy bo‘lsa va barcha joyga yog‘sa. Alloh ta’olo aytadi: U (odamlar) umidsizlikka...

Tushda jonivorlarning qichqirishi, hayvonlar ovozi ko'rsa nima bo'ladi

JONIVORLARNING QICHQIRISHI (BONGDOShTANI JONIVORON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida jonivorlarning qichqirishini ko‘rsa va bu paytda odamlar uyquda bo‘lsa, o‘sha mavzeda g‘am va musibat yuz berishiga dalildir....

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladi

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх