JONIVORLARNING QICHQIRISHI (BONGDOShTANI JONIVORON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida jonivorlarning qichqirishini ko‘rsa va bu paytda odamlar uyquda bo‘lsa, o‘sha mavzeda g‘am va musibat yuz berishiga dalildir.
Agar uzoq joydan unga qarab qichqirayotgan bo‘lsalar, u esa ularga javob berayotganini ko‘rsa, tez orada vafot etishini bildiradi, javob bermayotgan bo‘lsa, kasal bo‘lishini bildiradi. Agar yig‘i ovozini eshitsa, xursand bo‘lishini bildiradi. Agar ohu nola ovozini eshitsa, biror yoqimsiz ish yuz berishi va tezda bu narsaning yo‘q bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ningaytishicha, otning kishnayotganini eshitsa, bashorat eshitishiga dalildir. Boshqa ta’birchilarning aytishicha, unga biror yoqimsiz holat yuz beradi. Chunki hayvonotlar yolg‘on so‘zlamaydilar, Agar eshakning xangrayotganini ko‘rsa, birorta dushman yoki johil odamdan baqirish yoki nizo so‘zlarini eshitadi. Alloh ta’olo aytadi: (Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir (Luqmon surasi, 19-oyat). Agar tuyaning qichqirayotganini ko‘rsa, X,ajga borishi yoki tijorat ishi bilan ketishi va bu tijoratdan foyda va manfaatlar ko‘rishiga dalildir. Agar birorta qo‘yning ma’rayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan xayru manfaat ko‘rishini bildiradi. Agar echki bolasining ma’rayotganini ko‘rsa, xurramlik, shodlik va ne’matga dalil bo‘ladi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladiGO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda son ko'rsa nima bo'ladiSON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...
Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladiTUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...