Tushda minora ko'rsa nima bo'ladi

MINORA (MINORA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minora odamlarni dinga chorlovchi kishi bo‘ladi. Tushida minora barpo qilganini ko‘rsa, yaxshi ishlarni qilishiga va islom jamoatini yig‘ishga dalildir. Tushida minorani qo‘porib yuborganini va xarob qilganini ko‘rsa, musulmonlarning tarqalib ketishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, minora muazzinining dunyodan ketishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minora podshoh yoki bir ulug‘ odam bo‘ladi. Agar ko‘chada minora ko‘rsa, bir ulug‘ odam kelishiga dalildir. Agar minorani gaj (aleybastr) yoki pishiq g‘ishtdan ekanini ko‘rsa, sultonga dalildir, agar xom g‘ishtdan bo‘lsa, o‘sha ulug‘ kishi oddiy xalqdan bo‘ladi va u dindor va kamtar bo‘ladi. Agar minora tosh va ohakdan qurilgan bo‘lsa, sitamgar podshohga dalildir. Agar minora yog‘ochdan ekanini ko‘rsa, o‘sha ulug‘ kishi pasthimmat bo‘lishiga dalildir. Agar minorani masjid hovlisida ko‘rsa, o‘sha ulug‘ kishi olim va fozil ekani va odamlarni shari’at ishlariga chaqirishiga dalildir. Agar masjid minorasi qulab ketganini ko‘rsa, din ulug‘laridan birining halok bo‘lishiga va xalq orasiga tashvish hamda parokandalik tushishiga dalildir. Tushida shahar o‘rtasida minora ko‘rsa, podshohga dalildir. Agar minoraning boshi mis yoki bronzadan ekanini ko‘rsa, podshoh zolim va sitamgar bo‘lishiga dalildir. Agar minora uchi tilla yoki kumushdan ekanini ko‘rsa, podshoh yolg‘onchi, so‘zida turmaydigan va xiyonatchi bo‘lishiga dalildir. Agar minora pishiq g‘ishtdan bo‘lsa, podshohning qaysar va takabbur ekaniga dalildir. Agar o‘zini minora ustida ko‘rsa, podshohga yaqin bo‘lishi va ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.


Agar minora ustiga taom qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha diyorga podshoh kelishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida minorada ekanini va azon aytayotganini ko‘rsa, podshoh xalqqa yaxshi va’da berishiga dalildir. Agar jome’ masjidi minorasida azon aytganini ko‘rsa, Umra qilishiga dalildir. Tushida minora qimirlaganini ko‘rsa, podshohning bemor bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh minorani buzganini ko‘rsa, birorta podshohning kelishi, bu podshohni yengishi va mamlakatni qo‘lga olishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda minorani ko‘rish to‘rt narsaga dalildir: podshohga; ulug‘ kishiga; imomga; muazzinga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

MASJID (MASJID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi masjid odamlar huzuriga ko‘p keladigan olim kishidir. Haq ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: Ular o‘z diyorlaridan faqatgina Rabbimiz Allohdir, deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh...

Tushda narvon, shoti ko'rsa nima bo'ladi

NARVON, SHOTI (NARDBON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida narvondan yuqori ko‘tarilganini, narvon loy va g‘ishtdan ekanini ko‘rsa, yaxshilik va sozlikka, dinining ziyoda bo‘lishiga, ezgulikka yetishiga dalildir. Agar narvon tosh va ohakdan...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх