Tushda minbar ko'rsa nima bo'ladi

MINBAR (MINBAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minbar islom ahlining sultoni bo‘ladi. Minbarda ko‘rilgan yaxshi yoki yomon narsa sultonga taalluqlidir. Tushida minbarga chiqib, ilmu hikmat va xutba o‘qiganini ko‘rsa, aslida o‘zi bu toifadan bo‘lmasa, farzandi yoki qarindoshlaridan biri olim bo‘ladi. Tushida minbar ustida she’r o‘qiganini yoki shari’atga xilof so‘z aytganini ko‘rsa, islom odamlari orasida dinining buzuqligi va bid’atchilikda rasvo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, uni dorga osadilar. Agar podshoh tushida minbarga chiqqanini, minbar qulab ketganini yoki singanini ko‘rsa, podshohlikdan tushishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida minbarga chiqqanini, xutbani to‘liq o‘qib, pastga tushganini ko‘rsa, xatiblikdan tushishiga dalildir. Agar ayol kishi minbarga chiqqanini, odamlar orasida Qur’on, hikmat va ilmdan gapirganini ko‘rsa, rasvo bo‘lishiga dalildir, chunki ayollarga erkaklar orasida ilmdan gapirish va xutba o‘qish ravo emas, shuningdek erkaklarga ham ayollar orasida ilm va xutba o‘qish yaxshi emas. Agar minbardan qulab ketganini ko‘rsa, agar olim yoki johil bo‘lsa, hurmati yo‘q bo‘lishi, odamlar orasida xor bo‘lishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida minbarga chiqqanini ko‘rsa, olim, solih va dindor bo‘lishiga, ulug‘lik, izzat va obro‘ topishiga dalildir, agar yomon odam bo‘lsa, uni o‘g‘irlikda qo‘lga oladilar va dorga osadilar. Minbarni qanchalik katta va pokiza ko‘rsa, izzat va obro‘ ham shunchalik yuksakroq bo‘ladi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi minbar besh narsaga dalildir: podshohga; qoziga; imomga; xatibga; dorga osilishiga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda marvarid ko'rsa nima bo'ladi

MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik...

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda xutba o'qimoq ko'rsa nima bo'ladi

XUTBA O‘QIMOQ (XUTBA XONDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim minbarda xutba o‘qiyotganin ko‘rsa, o‘zi ahli xitobat (xutba ahli) dan bo‘lsa, izzat va obro‘ egasi bo‘lishiga dalildir, bordi-yu, ahli xitobatdan bo‘lmasa, safarga borishi, uzoq turib...

Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladi

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...



Fikr qo'shish

Наверх