Tushda kitob o'qish ko'rsa nima bo'ladi

KITOB O‘QISH (KITOB XONDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tafsir kitobini o‘qiganini ko‘rsa, dinda taqvoli bo‘lishiga va to‘xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida fiqhga oid kitob o‘qiganini ko‘rsa, qilinishi mumkin bo‘lmagan ishlardan qaytishiga dalildir. Agar hadis kitobini o‘qiganini ko‘rsa, podshoh oldida fikri o‘tadigan bo‘lishiga dalildir. Agar usul kitobini o‘qiganini ko‘rsa, foyda qiyinlik bilan hosil bo‘ladigan ishga mashg‘ul bo‘lishiga va dinda savob bo‘ladigan amalni qilishiga dalildir.

Agar qissa kitobini o‘qiganini ko‘rsa, avliyo va anbiyolar so‘ziga harismand bo‘lishiga dalildir. Agar nujum kitobini o‘qiganini ko‘rsa, bu jahon yaxshiligi hosil bo‘lishiga dalildir.


Agar nahv va odob kitoblarini o‘qiganini ko‘rsa, biror narsani qidirish va biror narsani tanish ishtiyoqida bo‘lishiga dalildir. Agar she’rlar kitobini o‘qiganini va she’rlar g‘azal va madhlardan iborat bo‘lsa, odamlar malomat qiladigan bir ish bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Agar she’r na’t va tavhid haqida bo‘lsa, yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar ta’bir (tush) kitobini o‘qiganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam so‘zlaridan minnatdor bo‘lishi va undan foyda topishiga dalildir.

Agar tushida Hidoya kitobini o‘qiganini ko‘rsa, odamlar dono deb atashlariga bois bo‘ladigan amalga mashg‘ul bo‘lishiga dalildir, lekin din uchun foydasi bo‘lmaydi. Agar qozilik hukmlari haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, safarga borishi va undan foyda topishiga dalildir. Agar hisob kitobini o‘qiganini ko‘rsa, doimo g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar latifa va afsonalar haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, xunuk bir ishni qilishiga dalildir. Agar hajv va nuqson haqidagi kitobni o‘qiganini ko‘rsa, odamlarning nuqsonini qidirish va odamlar orasida badnom bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda namoz ko'rsa

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o’qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo’lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g’arb tomonga qarab namoz...

Tushda namoz ko'rsa nima bo'ladi

NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o‘qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko‘rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo‘lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g‘arb tomonga qarab namoz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda Qur'on o'qish ko'rsa nima bo'ladi

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Qaq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob...



Fikr qo'shish

Наверх