Tushda kir, kir yuvish ko'rsa nima bo'ladi

KIR (CHIRK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kir libosi borligini ko‘rsa, yomon ishlarga dalildir. Har kim libosini iflos narsa bilan bulg‘anganini ko‘rsa, uning diniy va dunyoviy ishlari buzulishiga dalildir. Agar libosning chirkinligi o‘liklar sababli bo‘lsa, dinining buzuqligi va dunyosining soz bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda boshi va tanidagi chirkinlik g‘amu anduhga dalolat qiladi. Tandagi chirkinlikda hech qanday xayru manfaat bo‘lmaydi.

KIR YUVISH (GOZURIY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kir yuvuvchilik qilayotganini, aslida kir yuvuvchi emasligini ko‘rsa, tavba qilishi va yaxshiliklar qilishiga tavfiq topishiga dalildir. Chunki libos kiri g‘am va uy bo‘ladi, kir yuvuvchi esa kirni tozalovchidir, demak Xudo yo‘liga qaytishni bildiradi.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kiyimni yuvayotib yirtib qo‘ysa, tavbasini buzishiga dalildir. Agar yirtilgan kiyimni tikkanini ko‘rsa, yana qaytib tavba qilishiga dalildir. Tushida yuvgan kiyimi oqarganini ko‘rsa, tavba tufayli xaloslik topganiga dalildir. Agar kiyimni yuvganini, biroq oqarmaganini ko‘rsa, doimiy gunoh qilishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kir yuvuvchi odamlarning dilidan g‘am va anduhni ketkazuvch kishidir, Shu sababdan ta’birchilar aytadilarki, tushida bir kishi libos yuvayotganini ko‘rsa, kiyimini oq qilib yuvgan bo‘lsa, g‘am va qayg‘udan xaloslik topishiga, gunohlardan tavba qilishiga dalil bo‘ladi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda kir yuvish ko'rsa nima bo'ladi

KIR YUVISH (GOZURIY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kir yuvuvchilik qilayotganini, aslida kir yuvuvchi emasligini ko‘rsa, tavba qilishi va yaxshiliklar qilishiga tavfiq topishiga dalildir. Chunki libos kiri g‘am va uy bo‘ladi, kir...

Tushda libos ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх