KAMON, YOY (KAMON) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida kamonni o‘qsiz tortayotganini ko‘rsa, safarga borib, foyda bilan qaytishiga dalildir. Agar kamonni tortayotganda ipi uzilib ketganini ko‘rsa, safari tugamasligi, balki yo‘lda ziyon yetishiga dalildir. Tushida bir odamning unga kamon berganini ko‘rsa, o‘g‘il yoki uka tug‘ilishiga dalildir. Agar tushida kamoni sinib qolganini ko‘rsa, izzat va ulug‘likdan tushishini yoki molidan biror narsa yo‘q bo‘lishini bildiradi. Tushida kamondan o‘q otganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan uning uchun maktub kelishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kamondan o‘q otganini ko‘rsa, o‘q to‘g‘ri va egriga ketgani kabi rost va yolg‘on so‘z aytishiga dalildir. Tushida o‘zi uchun kamon tayyorlaganini ko‘rsa, Ajam podshohidan unga sharaf va ulug‘lik hosil bo‘lishiga yoki ajamlik ayolga uylanib, undan o‘g‘il ko‘rishiga dalildir. Tushida kamondan o‘q ota olmaganini ko‘rsa, unga podshoxdan yoki uylangan ayolidan foyda yetmasligiga dalildir. Tushida kamonini sotib yuborganini yoki birovga berib yuborganini ko‘rsa, uning izzat va obro‘yiga nuqson yetishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, kamon umrning uzoqligiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda ot ko'rsa nima bo'ladiOT (ASP) Doniyol (a.s.) aytadilarki, arab otini tushida ko‘rsa, ulug‘lik, izzat va sharaf bo‘ladi. Arab otiga minib yurganini ko‘rsa, ot unga tobe va farmonbardor bo‘lsa, otning sozligi va qimmatiga qarab, izzat ulug‘lik va davlat topadi. Tushida...
Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladiPODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...