Tushda jon ko'rsa nima bo'ladi

JON Muhammad ibn Sirin aytadiki, tushdagi jon farzand, mol yoki itoatkor ayolni bildiradi. Agar jon tanidan chiqqanini ko‘rsa, farzandi, ayoli o‘lishiga yoki molining yo‘q bo‘lishiga yoxud halok bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z jonini yaxshi bir erkak suratida ko‘rsa, oilasida yaxshi farzand tug‘ilishi va ahvoli yaxshi bo‘lishi yoki oliyjanob yoxud xushtabiat bir podshohning xizmatini qilishi va ahvoli soz bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z jonini xunuk bir odam suratida ko‘rsa, yuqoridagi aytganlarimizning aksi bo‘ladi.

HIKOYaT. Xabarda kelishicha, bir kishi Alloh Rasulining huzuriga kelib: Yo Rasulalloh (s.a.v.), tushimda jonim tanimdan chiqqanini va meni quchog‘iga olganini, so‘ng osmonga chiqib ketganini ko‘rdim, — dedi. Rasululloh (s.a.v.): Vasiyat qilki, joning o‘z makoniga ketibdi, — dedilar. O‘sha kuni u dunyodan o‘tdi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar har kim o‘z jonini o‘z kaftida turganini ko‘rsa, bir xatarli ishga ko‘l urishi va bu ishda uning joniga xavf bo‘lishiga dalildir. Agar jon uning kaftidan osmonga uchib ketganini ko‘rsa, tez orada o‘lishiga dalildir.

Agar jonining rangi sariq ekanini ko‘rsa, og‘ir kasallikdan o‘lishini bildiradi. Agar jonining qizil yoki oq rangda ekanini ko‘rsa, oqibati yaxshi bo‘lishi va g‘amdan qutulishiga dalildir. Agar jonining qora rangda ekanini ko‘rsa, Xaq ta’olo azobiga duchor bo‘lishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, murda jon berayotganini, yaqinlari unga yig‘i-zori qilayotganini ko‘rsa, o‘sha murdaning ahli oilasiga g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar yaqinlari unga ohista yig‘layotganlarini ko‘rsa, joni azobda bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda olat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda podshoh ko'rsa nima bo'ladi

PODSHOH. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, o‘n ikki narsa bordirki, bu o‘n ikki narsani tushida ko‘rsa, podshohlikka dalil bo‘ladi: payg‘ambar alayhissalom uni imom qilganini; ikkinchi — shar’iat ilmlarini o‘rganayotganini; uchinchi — payg‘ambar...

Tushda quduq ko'rsa nima bo'ladi

QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi...



Fikr qo'shish

Наверх