Tushda burun ko'rsa nima bo'ladi

BURUN (BINIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi burun tush ko‘ruvchining obro‘-e’tiboriga dalildir, burunda ko‘rilgan kamlik yoki ortiqchalik ko‘ruvchining qadru e’tiboriga dalildir. Agar burunining qisqarib qolganini ko‘rsa, obro‘e’tiboriga yetadigan nuqsonga dalildir. Agar burnining o‘z joyidan tushib ketganini ko‘rsa, obro‘-e’tibordan tushishini bildiradi. Agar burun teshiklarining kengayib qolganini ko‘rsa, maishati soz bo‘lishini bildiradi, agar torayib qolganini ko‘rsa, maishati tor bo‘lishini bildiradi.

Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, burnidan miyasining oqib chiqayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ kishidan manfaat topishini bildiradi. Agar burnidan biror jonivorning chiqqanini ko‘rsa, masalan, qurt, pashsha va shunga o‘xshashlarni, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar burun uchi bekilganini, chunonchi, nafas ololmayotganini ko‘rsa, ishlari yurishmay qolishiga dalil bo‘ladi. Agar burnidan gapirayotgan bo‘lsa, davlati qo‘ldan ketishiga dalil bo‘ladi. Agar burun uchi terisining tushib ketganini ko‘rsa, unga ziyon yetishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushda har kim burnidan qon oqayotganini ko‘rsa va ta’birchiga, men tush ko‘rdim, tushimda burnimdan qon oqayotgan emish, deb aytayotgan bo‘lsa, juda ko‘p mol topishiga dalildir. Agar har kim burnining ikki teshigini bitta bo‘lib qolganini ko‘rsa, oqila bir ayol bilash qovushmog‘ini bildiradi. Agar burnining uchi kesilganini ko‘rsa, o‘g‘lini xatna qilishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, uning obro‘-e’tiboriga nuqson yetadi.


Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar burnidan yoqimsiz bir narsa chiqqanini ko‘rsa, g‘azabga dalildir. Agar burnidan qon chiqqanini va bundan jumla tani qonga bo‘yalganini ko‘rsa, qo‘liga harom mol tushishiga dalildir. Agar burnidan yashil qon tushsa va u ozgina bo‘lsa, bolaning ona qornidan tushishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning fikriga qaraganda kambag‘al bo‘ladi. Agar burnidan qon oqayotganini ko‘rsa, biroq tani qonga bo‘yalmagan bo‘lsa, bolasi yoki xotinini uydan haydab chiqarishiga yoki ularga biror zarar yetishiga dalildir. Agar burnining yerga uzilib tushganini ko‘rsa, qiz tug‘ilishiga dalildir.

Agar burnini yuvayotganini ko‘rsa, birorga erkak uning xotiniga firib berishiga dalildir. Agar burnidan bir qushning chiqib ketganini ko‘rsa, chorvasi bo‘lsa, bola tug‘ishiga dalildir. Ta’birchilardan ba’zilarining fikriga qaraganda burundan qon ketishi yashab turgan diyoridagi podshoxdan mol yetishiga dalildir.

Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, agar burnini xartum kabi katta bo‘lib ketganini ko‘rsa yoki xartumdan kichikroq ekanini ko‘rsa ham, burunning katta-kichikligiga qarab, izzat va obro‘si oshishini va bundan qarindoshurug‘lari ham manfaatdor bo‘lishini bildiradi. Agar burnidan hid kelayotgan bo‘lsa, yaxshi farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar burnidan noxush hid kelayotgan bo‘lsa, ta’biri yuqoridagining aksidir.

Hofiz aytadiki, tushida burnining yo‘q ekanini ko‘rsa, qarindoshlardan birining o‘lishiga dalildir. Agar ikkita burni borligini ko‘rsa, xotini bilan o‘zi o‘rtasiga muxoliflik tushishini bildiradi. Agar bir kishi uning burniga xushbo‘y hidli narsani tutganini ko‘rsa, o‘sha kishidan foyda topishiga dalildir. Agar tushni ayol kishi ko‘rsa, undan solih farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar bir kishi uning burniga noxush hidli narsa
tutayotganini ko‘rsa, o‘sha kishining g‘azabiga duchor bo‘lishini bildiradi.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda burun ko‘rmoq besh narsaga dalildir: izzatga; molga; ulug‘likka; farzandga va maishatga.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda burun suvi ko'rsa nima bo'ladi

BURUN SUVI (OBI BIYNI) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, burun suvi farzandga dalil bo‘ladi. Burnidan suv kelayotganini ko‘rsa, farzand bo‘lishiga dalildir. Burnidan sirka oqayotganini ko‘rsa ham yuqoridagiga dalildir....

Tushda olat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda pashsha ko'rsa nima bo'ladi

PASHSHA — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi pashsha zaif, xor, nokas kishidir, ozgina ish qiladi, u ham bo‘lsa arzimasdir. Agar pashsha bilan olishayotganini ko‘rsa, bir zaif odam bilan janjallashishini bildiradi. Agar tomog‘iga pashsha...

Tushda toziyona ko'rsa nima bo'ladi

TOZIYONA Doniyol (a.s.) aytadilarki, har kim tushida charxlab, silliqlangan toziyonaga ega ekanini ko‘rsa, ishlari uning maqsadi va niyatiga muvofiq bo‘lmasligini bildiradi....



Fikr qo'shish

Наверх