Tushda a'zolar og'rig'i ko'rsa nima bo'ladi

A’ZOLAR OG‘RIG‘I (DARDI ANDOMHO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida a’zolari og‘riyotganini ko‘rsa, gunohi ko‘p ekanligiga dalil bo‘lib, tavba qilishi va sadaqa berishi lozim.

Agar peshonasi og‘riganini ko‘rsa, dinining buzuqligi va g‘amu anduhga dalildir. Agar ko‘zi og‘riganini ko‘rsa, kimdir unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishiga dalildir. Agar yelkasi og‘riganini ko‘rsa, har kimdan yomon so‘zlar eshitishiga dalildir. Agar burni og‘riganini yoki tilida qandaydir nuqson borligini ko‘rsa, xor bo‘lishiga sabab bo‘ladigan so‘z aytishiga dalildir. Agar bu tushni savdogar odam ko‘rsa, tijoratda yolg‘on so‘zlashiga dalildir. Agar tilining kesilganini ko‘rsa, solih va porsoligiga dalildir. Agar tanglayi og‘rigani va shishganini ko‘rsa, birovning haqini inkor qilishiga dalildir. Agar og‘zi og‘riganini ko‘rsa, yaqinlaridan g‘am yetishiga dalildir. Agar bo‘yni og‘riganini ko‘rsa, bo‘ynida birovning omonati borligi va uni joyiga qo‘ymayotganiga dalildir. Agar qorni og‘riganini ko‘rsa, harom mol yeganiga dalildir.


Agar tushida beli og‘riganini ko‘rsa, o‘z boshlig‘idan ozor topishiga dalildir. Agar biqini og‘riganini ko‘rsa, o‘z yaqinlari sababli dard tortishi va ranj ko‘rishiga dalildir. Agar jigari og‘riganini ko‘rsa, farzandiga mushfiq ekaniga dalildir. Agar qo‘li og‘riganini ko‘rsa, qo‘shni aka-ukasiga jafo qilishiga dalildir. Agar barmoq og‘rig‘ini ko‘rsa, ginachi ekaniga dalildir. Agar kindigi og‘riganini ko‘rsa, ayoliga ozor berishiga dalildir. Agar uyat joyi og‘riganini ko‘rsa, buzuq ishga kirishuviga dalildir. Agar orqa teshik og‘riganini ko‘rsa, harom va yaramas ish qilishiga dalildir. Agar dumbasi og‘riganini ko‘rsa, qarindoshlari va do‘stlariga jafo qilishiga dalildir. Agar oyog‘i og‘riganini ko‘rsa, qo‘l ostidagilarga rahm qilmasligiga dalildir. Agar badaniga dog‘ solayotganlarini ko‘rsa, mol topishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ko'z ko'rsa nima bo'ladi

KO‘Z (ChASHM) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi ko‘z uzoqni ko‘ruvchi kishi bo‘lib, u orqali hidoyat yo‘lini topadi. Ko‘k ko‘z bid’atdir, shahlo, ko‘z farzand bo‘ladi. Agar tushida ko‘r bo‘lib qolganini ko‘rsa, to‘g‘ri yo‘lni yo‘qotishiga yoki...

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda til ko'rsa nima bo'ladi

TIL (ZABON) Bilginki, til tush ko‘ruvchining tiliga dalil bo‘lib, yaxshi va yomon ishlarni yuzaga chiqaruvchidir. Ibn Sirin aytadiki, agar kishi hech qanday xusumatsiz tilining kesilganini va nuqsonli bo‘lib qolganini ko‘rsa, hujjat ko‘rsatish va...



Fikr qo'shish

Наверх