TIL (ZABON) Bilginki, til tush ko‘ruvchining tiliga dalil bo‘lib, yaxshi va yomon ishlarni yuzaga chiqaruvchidir.
Ibn Sirin aytadiki, agar kishi hech qanday xusumatsiz tilining kesilganini va nuqsonli bo‘lib qolganini ko‘rsa, hujjat ko‘rsatish va isbot paytida tili bog‘lanib qolishiga dalildir. Agar tilining eniga yoki uzuniga ziyoda bo‘lib qolganini ko‘rsa, hujjat va isbot paytida tili ravon bo‘lishiga va zafar topishiga dalildir.
Kirmoniy aytadiki, kishi tilining ikkita bo‘lib qolganini ko‘rsa, Haq ta’olo unga ilm va donolik ato qilishiga dalildir. Agar so‘zlamaslik uchun o‘zi o‘zining tilini kesganini ko‘rsa, yomon so‘zlarni aytmaslikni va gapirmaslikni ixtiyor qilishiga dalildir. Agar tilidan yomon xato sodir bo‘lganini ko‘rsa, Xudo rozi bo‘ladigan so‘z aytishiga dalildir. Agar biror kimsa uning og‘ziga til qo‘yayotganini ko‘rsa, so‘zlashda kimdir unga quvvat bo‘lishiga dalildir. Agar biror kimsaning tilini so‘rayotganini ko‘rsa, o‘sha odamdan ilm va donish hosil qilishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladiTUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...
Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladiXURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....
Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladiESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...
Tushda qo'l ko'rsa nima bo'ladiQO‘L (DAST) Doniyol (a.s.) aytadilarki, o‘ng qo‘l aka-ukani, chap qo‘l opa-singilni bildiradi. Tushida o‘ng qo‘lini uzayib qolganini ko‘rsa, aka-ukasining yoki sherigining ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida ikki qo‘lining qisqarib qolganini...