BEMOR QILMA YAQINLARIMNI!😔

BEMOR QILMA YAQINLARIMNI!😔

Qo‘lim ochib nido qilay o‘zinga.
Tenglasang bas ohu nolalarimni.
Ishonchim yuksakdir qudratlaringa. 
Robbim bemor qilma yaqinlarimni. 

Boshlari yostiqqa tegib qolmasin. 
Bemorlik qaddini egib qolmasin. 
Dunyolardan butkul bezib qolmasin. 
Robbim bemor qilma yaqinlarimni. 

Bu o‘tinchdir senga yo‘q qo‘ymadim shart.
Buyuklar buyugi o‘zingsanku mard.
Kundan kun angladim sog‘lik oliy baxt.
Robbim bemor qilma yaqinlarimni.

Ular mening jonimdagi jonlarim
Ular bilan go‘zaldir har onlarim
Ular kasal bo‘lsa yomon hollarim
Robbim bemor qilma yaqinlarimni

Besh kunlik dunyoda yurib salomat. 
Uynab kulishsinlar bearmon har vaqt. 
Duolarim o‘zing ayla ijobat. 
Robbim bemor qilma yaqinlarimni.

Yashasinlar panohingni ostida. 
Sog‘ yurishsin tuprog‘ingni ustida. 
O‘zing asra g‘animlarning qastidan. 
Robbim bemor qilma yaqinlarimni.



O'hshash ma'lumotlar

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Odamlar o'nlab yillar davomida birga yashagan narsalar tufayli: biz unutgan 10 ta sabab

Yoshi 70 dan oshgan ikki kishining qo‘l qovushtirib yurganini ko‘rsam, yuragim iliqlikka to‘ladi. Ularning sevgisini shunchalik bardoshli qiladigan sirli formulalar bormi? Ko'pgina baxtli juftliklar bu yillar davomida birga bo'lish uchun sababga...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....



Fikr qo'shish

Наверх