HAYZ DAVRIDA NЕGA BOSH OG‘RIYDI?

HAYZ DAVRIDA NЕGA BOSH OG‘RIYDI?

Bu hayz migreni 
To‘g‘ri, ayrim ayollarda hayz davrida bosh og‘rishi uchrab turadi. Buni hayz migreni, deb ataymiz. 
Tabiiyki, hayz arafasida jinsiy gormonlar — estrogen va progesteronlar ishga kirishadi. Organizmdagi gormonlar ishlab chiqilishida o‘zgarishlar yuz beradi. Gormonlar darajasining ortishi yoki kamayishi oqibatida hayz davri bosh og‘rig‘i bilan kechishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Bunday davr maxsus davolanish muolajasini talab etmaydi. Faqat ahvolingizni yengillashtirish maqsadida brusnika mevasidan damlama tayyorlashingizni maslahat beraman. 
 Brusnika  bargining maydalanganidan 1 oshqoshig‘i idishga solinib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. So‘ng damlamani bir kunda yarim stakandan qabul qilish lozim. 
  •  Bunday vaqtda ko‘proq tvorog yeyishga harakat qiling. U ham bosh og‘rig‘ini biroz yumshatadi. 
  •  Kechasi yotishdan oldin bir stakan sutga asal aralashtirib ichsangiz ham davo bo‘ladi. 
  •  Iloji boricha, bunday vaqtda organizmingizni toliqtirmasdan, ko‘proq yotishga harakat qiling. 
  •  Shuningdek, toza havoda sayr qilishni ham unutmang. 
  •  Mabodo hayz davrida kechadigan og‘riq kuchayadigan bo‘lsa, albatta, shifokorga ko‘rinishingizni maslahat beraman.



O'hshash ma'lumotlar

Asabilanishning 9 ta sababi va ular bilan qanday kurashish kerak

Ehtimol, sizda jiddiy kasallik bor....

Qanday qilib kamroq aroq ichish mumkin?

Agar siz o'lchovni bilasiz deb o'ylasangiz, bu unday emas....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...



Fikr qo'shish

Наверх