HOMILADOR AYOLLAR UCHUN FOYDALI MAHSULOTLAR

HOMILADOR AYOLLAR UCHUN FOYDALI MAHSULOTLAR

BO‘LG‘USI ONANING TAOMNOMASIDAGI ASOSIY 8 MAHSULOT

Homiladorlik nafaqat quvonch, balki katta mas’uliyatdir.  Hech kimga sir emaski, tug‘ilmagan bolaning salomatligi ko‘p jihatdan onaning nimalar tanovul qilayotgani va qanday ovqatlanishiga bog‘liq.  Shu bilan birga, buvijonlar va boshqa keksa qarindoshlar homilador ayolni ikki kishi uchun ovqatlanishi kerakligiga ishontirishadi.  Biroq  ginekolog-shifokorlar aksincha, ovqatlanish rejimiga rioya etishni tavsiya qiladi. 

Nima qilish kerak?  Bo‘lg‘usi ona qanday mahsulotlarni taomnomasiga kiritgani ma’qul? 

Albatta, ovqatlanish rejimiga rioya qilish va ortiqcha taom yemaslik kerak.  Bu muvaffaqiyatli tug‘ruq uchun sog‘lom homiladorlikning birinchi qoidasidir.  Shuningdek, barcha homilador ayollar o‘zlari uchun foydali bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni taomnomalariga kiritsalar ayni muddao bo‘ladi. 

OLMA

Temir, magniy, marganes, fosfor va kaliy - bular homila rivojlanishiga yordam beradigan minerallardir. Kun mobaynida 5 dona olma iste’mol qilish zarur.  Aynan shu miqdordagi meva tarkibida yodning kunlik me’yori ham mavjud bo‘lib, bu bola uchun juda muhimdir.  Ona uchun esa olma yeyish oshqozon-ichak trakti normal ishlashining kafolati va ko‘ngil aynish bilan kurashishning samarali usuli hisoblanadi.  Agar xom olma oshqozonning kislotaliligini oshirib, "tanaga yoqmasa", ularni pechda yoki mikroto‘lqinli pechda pishirish mumkin.  Pishirilgan olmaning homilador ayollar uchun foydali jihatlari ko‘p. 

YOGURT

Yogurt tarkibidagi kalsiy va oqsil bola suyaklari va mushaklarini shakllantirish uchun zarurdir.  Yogurtga turli mevali qo‘shimchalar qo‘shilmagani ma’qul.  Chunki bugungi kunda ushbu yegulikka qo‘shiladigan turli bo‘yoqlar, stabilizatorlar nafaqat ona, balki chaqalog‘ga ham zarar keltiradi.  Yogurtni uyda tayyorlasa ham bo‘ladi. Agar siz ularning shirin bo‘lishini istasangiz, stakanga yangi to‘g‘ralgan mevalarni (banan, kivi, qulupnay va boshqalar) yoki bir hovuch quritilgan mevalarni (mayiz, turshak va boshqalar) qo‘shing. 

Bundan tashqari, yogurtni muntazam iste’mol qilish ko‘pchilik homilador ayollarga ich qotishining oldini olishda yordam beradi. 

BALIQ

Baliq - bu Omega-3 yog‘ kislotalari, shuningdek, oqsil va fosfor manbai bo‘lib, ular bola miyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.  Shu bois baliqni homilador ayolning taomnomasiga haftasiga kamida ikki marta qo‘shish darkor.  Uni yog‘da qovurish, dimlash, qasqonda pishirish mumkin.  Tuzlangan baliqni iste’mol qilmaslik yaxshi, chunki u shishishni keltirib chiqarishi mumkin. 

TUXUM

Tuxum tarkibida mavjud bo‘lgan oqsillar, V vitaminlari, rux, selen, bolaning yurak-qon tomir tizimini shakllantirishga yordam beradi. Ammo tuxumni qovurib, quymoq qilib yoki suvda pishirib yeyish lozim.  Chunki u xom holida yoki ilitilganda zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. 

JIGARRANG GURUCH

Guruchda mavjud bo‘lgan aminokislotalar bolaning zarur hujayralarini yaratishda ishtirok etadi.  Bu tozalanmagan guruch oq guruchga qaraganda hazm qilish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi va ayolda to‘qlik hissi uzoq davom etadi.  Natijada ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. 

BULG‘OR QALAMPIRI

Qalampir tarkibidagi foydali moddalar homilador ayolning suyaklarini mustahkamlaydi va chaqaloq suyaklarini shakllantirishda qo‘l keladi.  Bundan tashqari, homilador ayol taomlar bilan birga qalampir iste’mol qilish orqali vitaminlar, efir moylari, oqsil va beta-karotinga ega bo‘ladi va ular onaning immunitetini oshiradi. 

TOFU

Ushbu pishloqni homilador ayol ko‘ngli tusaganicha iste’mol qilishi mumkin!  Chunki, birinchidan, bu soya mahsulotining kaloriya miqdori past.  Bu ortiqcha semirib ketmaslik degan ma’noni anglatadi.  Ikkinchidan, tarkibida kollagen ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradigan juda ko‘p miqdordagi aminokislotalar mavjud. Ya’ni, doimiy ravishda tofu tanovul qilish orqali qorinning cho‘zilib ketish xavfini kamaytirishi mumkin!

SALAT BARGI

Salat bargi (Sezar salat)ni ham ovqat ratsioniga kiritish foydali. Uning tarkibida foliy kislotasi ko‘p miqdorda mavjud. Foliy kislota homiladorlikning erta muddatida homilaga tashqi omil ta’sirini kamaytiradi.

DARVOQЕ...

Kundalik suyuqlik ichishni ham nazorat qilish darkor. Suyuqlik, bu oddiy mineral suv,kompot, sharbat va sut mahsulotlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Sut mahsulotlarini kechki oVqat ratsioniga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, homilador ayollar ham juda mazali va foydali taomlar tanovul qilishlari mumkin.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Magniy etishmovchiligini qanday aniqlash mumkin va u bilan nima qilish kerak

Ba'zida bodom va bir juft banan sizni zaiflikdan qutqarishi mumkin....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...



Fikr qo'shish

Наверх