KO‘KRAKDAN SUT KЕLISHI

KO‘KRAKDAN SUT KЕLISHI

👩‍⚕ Avvalo, shifokor-ginekolog ko‘rigiga borishingiz kerak. Bunday holat qizlarda ham uchrab turadi. 
Homiladorlik va emizikli davrdan boshqa paytda  ko‘krakdan sut kelishi tibbiyotda galaktoreya  (galaktos — sut, rhoia — oqish, degan ma’noga ega) deb nomlanadi. 

☝️ Bu holatning bir qancha sabablari bor: 
➖organizmda kechayotgan surunkali kasalliklar; 
➖ jinsiy a’zolardagi shamollash; 
➖ hayzning vaqtida kelmasligi;
➖ tuxumdonlar yallig‘lanishi,
➖ bosh miyada joylashgan gipofiz bezidagi o‘zgarishlar;
➖ endokrin kasalliklar (ayniqsa, buqoq). 

🩺 Tekshiruv zarur
Agar ko‘krakdagi suyuqlik yiring aralash, sarg‘ish yoki yashilsimon bo‘lmasa, xavotirlanarli joyi yo‘q. Ammo shifokorga uchrab, prolaktin (sut ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan) gormoni miqdorini tekshirtirish kerak.  
Sut kelishi buqoq yoki jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish, gipofizdagi o‘zgarishlar sababli ro‘y bergan bo‘lsa, shifokor gormonal vositalar buyuradi. 
O‘z vaqtida olingan tibbiy muolajalar tez vaqtda samarasini ko‘rsatadi.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Nima uchun bo'g'inlar og'riyapti va bu bilan nima qilish kerak

Siz juda ko'p yugurayotgan yoki polingizni tez-tez artayotgan bo'lishingiz mumkin....

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...



Fikr qo'shish

Наверх