CHЕKISH — KARLIKKA OLIB KЕLADIMI?

CHЕKISH — KARLIKKA OLIB KЕLADIMI?

Britaniyalik olimlar tomonidan 8 yil davomida olib borilgan tadqiqotda 50 ming kishi ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari chekish eshitish qobiliyatining buzilishiga olib kelishi mumkinligidan dalolat berdi.

   Olimlar har yili o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijasida olinadigan audiotashxis va so‘rov varaqasining to‘ldirilishini tahlil qilib ko‘rishdi. Shuningdek, chekuvchining ayni vaqtdagi ahvoli (har zamonda chekkan, avval chekkan va tashlagan, ayni vaqtda chekadi), bir kunda chekadigan sigaret soni va boshqa savollar o‘rganilgan. 

    Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eshitish qobiliyatining pasayishiga chekish sanoat korxonalaridagi shovqindan ham ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Kashandalar chekishni tashlaganidan keyin ham eshitish qobiliyatining pasayishi yana 5 yil davom etadi.

    Tadqiqotchilar tahlil qilingan manbalarga tayanib shunday xulosaga keldilarki, eshitish qobiliyatini yo‘qotishda chekish yordamchi emas, balki mustaqil to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir omili sifatida namoyon bo‘ladi.

    Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tamaki chekishdan saqlanish va o‘z vaqtida uni tashlash eshitish qobiliyati uzoq saqlanishiga zamin yaratadi.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Diyeta va sport zalisiz vazn yo'qotishni boshlash uchun 10 ta maslahat

Turmush tarzingizni o'zgartiring va vazn yo'qola boshlaydi....

Qanday qilib bepul tibbiy ko'rikdan o'tish kerak va nima uchun hamma buni qilishi kerak

Biz qanday qilib saraton kasalligi uchun testdan o'tishni va bunga o'z mablag'imizni sarflamaslikni - Sog'liqni saqlash milliy loyihasi bilan birgalikda aniqlaymiz....

Nima uchun bolaga faol ota kerak va qanday qilib ota bo'lish kerak

Faqat oilani boqishning o'zi etarli emas....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...



Fikr qo'shish

Наверх