ERKAK NIMALARNI ISTAYDI?

ERKAK NIMALARNI ISTAYDI?

Ayollar o‘zining juftu haloliga yoqishga harakat qilishadi. Qizig‘i shundaki, bu maqsad yo‘lida har bir ayolning o‘ziga xos usuli bor. Ammo hamma vaqt ham bu usul ko‘zlangan maqsadga erishishga yordam bermasligi mumkin. 

Ayniqsa, ayolning har qancha urinishlariga qaramay, turmush o‘rtog‘i unga nisbatan beparvo bo‘lsa, oila bekasi o‘ziga-o‘zi: «Unga nima kerak o‘zi?» degan savolni beradi. Quyida erkaklar nimalarni istashi haqida qisqacha ma’lumot beramiz. Ayollar bu maslahatlarga to‘liq amal qilgan holda oilani mustahkamlab olishlari mumkin. 

HURMAT QILISH

 Erkakni hamisha hurmat qilish lozim. Ba’zi ayollar esa unga aks munosabatda bo‘lishadi. Shu bois erkak «sina» boshlaydi. Topish-tutishi kam bo‘lishiga qaramay, oilada hurmat qilinadigan erkakning fikri tiniq, oilaga mehr-muhabbati baland va serg‘ayrat bo‘ladi.

ISHONCH BILDIRISH

 Ayollarning eng nozik jihati mana shunda, desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi, turmush o‘rtog‘i odatdagi vaqtdan biroz kechikib kelsa yoki undan ayollarning atiri ifori ufurib tursa bas. Unga: «Qayerda, kim bilan edingiz?» degan savol berilishi aniq. 

 Aslida erkak bu paytda ishda ushlanib qolib, oilasi uchun mehnat qilayotgan bo‘lishi mumkinligi ayolning xayoliga ham kelmaydi. Balki u o‘zi bilan birga o‘qigan sinfdoshi yoki kursdoshini, boringki, avvalgi hamkasbini uchratib qolib, biroz suhbatlashgandir... 

 Eng yomoni, ko‘cha eshikdan kirgan erkakni ochiq chehra bilan hurmat qilib kutib olish o‘rniga, uni savollar bilan qarshi olishdir. Bunday munosabat, aniqrog‘i, ishonchsizlik erkak kishining ayolidan ko‘ngli sovushiga olib keladi. 

 Ishonchsizlik ayollarni turli shubha va gumonlar sari yetaklaydi. Shu bois u turmush o‘rtog‘ining telefon apparatidagi yozishmalarini, kimlarga qachon qo‘ng‘iroq qilgani-yu, kimlar bilan internetda gaplashganini tekshirishga odatlanib qoladi. Bu odatni tashlashning yo‘li oson. Bu paytda har bir ayol o‘ziga-o‘zi: «Xuddi shu ishni turmush o‘rtog‘im menga nisbatan qo‘llasa, nima bo‘ladi?», degan savolni berishi kerak.

QO‘LLAB-QUVVATLASH

 Ba’zan erkak biror ish boshlashdan oldin ayoli bilan maslahatlashgisi keladi. Biroq ayolining: «Ey, qo‘ysangiz-chi, bu ish sizning qo‘lingizdan kelmaydi», degan gapi erkakning hafsalasini pir qiladi, shashtini tushiradi. Aksincha, bu paytda, hattoki turmush o‘rtog‘ining bu ishga qodir emasligini bilgan taqdirda ham oqila ayol unga ishonch bildirib, boshlamoqchi bo‘lgan ishini qo‘l­lab-quvvatlashi zarur. Shuningdek, unga foydali maslahatlar bersa, erkakning ayoliga hurmati ortadi. 

TUSHUNISH

 Erkak asabbuzarliklarni do‘stlari bilan birgalikda choyxonada osh damlab, bir das­turxon atrofida suhbatlashib, unutishga harakat qiladi. Ba’zan saunaga boradi, ba’zan tog‘ qo‘yniga chiqib, ochiq havoda dam oladi. Erkakning tez-tez dam olishga ketishini to‘g‘ri tushunish kerak. Axir u oilasi uchun mehnat qiladi, shu bois u ham dam olishga haqli. 

MAQTASH

 Erkak ham yosh bola singari maqtovni xush ko‘radi. Chunki u bolaligidan onasining erkalashlariga o‘rganib qolgan. Yaxshi gap eshitgan erkak o‘zining ana shunday maqtovga munosib ekanidan, muhimi, ayoli uni tushuna olganidan xursand bo‘ladi. 

 Oddiy holat: turmush o‘rtog‘ingiz kechqurun ishdan kelgach, yig‘ilib qolgan axlatni olib chiqib tashladi. Siz bu paytda unga: «Qanday yaxshi insonsiz, charchab kelgan bo‘lsangiz ham menga yordam berdingiz», deng. Shunda uning kayfiyati nechog‘li ko‘tarilganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. U maqtov sog‘inganida o‘z-o‘zidan sizga yoqishga harakat qilishini ham unutmang!

HAMMASI O‘Z VAQTIDA BO‘LISHI

 Erkak hamma narsa belgilangan vaqtda bajarilishini istaydi. Shu bois, eng avvalo, uning ovqatini o‘z vaqtida tayyorlang. Kiyimlarini ham yuvib-dazmollash esdan chiqmasin. Uning biror joyga kechikib borishiga bu yumushlarni o‘z vaqtida bajarmaganingiz sabab bo‘lib qolmasin, tag‘in.

JOZIBA

 Erkak chiroyli va o‘ziga oro bergan ayollarni xush ko‘radi. Shunday ekan, turmush o‘rtog‘ingizni qarshi olishdan avval o‘zingizga vaqt ajratib, jozibali ko‘rinishga harakat qiling. Bu odat uning boshqa ayollarga e’tibor qaratishi yoki o‘zgaga ko‘ngil qo‘yishidan saqlaydi.



O'hshash ma'lumotlar

Nima uchun bolaga faol ota kerak va qanday qilib ota bo'lish kerak

Faqat oilani boqishning o'zi etarli emas....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...

Emizikli ayol ovqatlanish tartibi

Emizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....



Fikr qo'shish

Наверх