QIZALOQ QULOG‘I QACHON TЕSHILADI?

QIZALOQ QULOG‘I QACHON TЕSHILADI?

«Qizalog‘im yaqinda 1,5 yoshga to‘ladi. Buvilarimiz ayni bahor pallasida qiz bolaning qulog‘ini teshib, zirak taqish yaxshi odat ekanini aytishadi. Qo‘shnimiz poliklinikada hamshira bo‘lib ishlaydi. Uni chaqirib, qizimning qulog‘ini teshtirsam bo‘ladimi?» 

     — Quloq teshish uchun ma’lum bir yosh belgilanmagan. Kimlardir qizaloqlar 6 oy bo‘lganda, kimlardir 1,5 yoshga to‘lganda ham quloq teshtirish mumkin, deb o‘ylashadi. Biroq bu fikr barcha qizaloqlarga birday taalluqli, degani emas. Chunki har bir bola o‘ziga yarasha murakkab mexanizm.

     Ayni kunda koronavirus infeksiyasi sabab hammaga uyda qolish tavsiya qilinyapti. Buning ustiga havo ham biroz salqin bo‘lgani uchun quloq teshtirishni sal keyinrog‘ga yoki erta kuzga qoldirgan ma’qul. Quloqni yog‘ingarchiliklar bo‘lmagan payt, iliq-issiq kunlarda teshtirishni tavsiya qilaman. Hozirgi ob-havoda bolaning qulog‘ini sterillanmagan nina bilan teshib, sovuq havoda infeksiya tushirish yoki gazak oldirib qo‘yish hech gap emas. 

     Yozning issiq kunlarida ham quloq teshtirish maqbul emas. Negaki issiq ob-havoda quloqning bitishi qiyin kechishi mumkin. Ozgina fursatdan so‘ng bu kunlar ham ortda qoladi. O‘shanda qizalog‘ingizning qulog‘ini istagan bironta tibbiyot maskanida sterillangan ninalarda yoki boshqa beziyon usullarda teshtirsangiz bo‘ladi. 

     Darvoqe, bu amaliyotdan so‘ng quloqlarni parvarishlash zarurligini unutmang. Ya’ni quloq teshilgandan so‘ng bolani 2-3 kun cho‘miltirmaslik, har kuni teshik atrofini furatsilin eritmasi bilan artish va zirakni 3-4 mahal qimirlatib turish talab etiladi.



O'hshash ma'lumotlar

Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?

Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....

Nima uchun bolaga faol ota kerak va qanday qilib ota bo'lish kerak

Faqat oilani boqishning o'zi etarli emas....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Homiladorlik paytida qon ketishi

Homiladorlik paytida qon ketish siz taxmin qilganingizdan ko’ra tez-tez uchraydi. Uchinchi ayoldan biri homiladorlikning birinchi trimestrida qandaydir qon ketishini boshdan kechiradi. Bu bir nechta jigarrang dog’lardan yorqin qizil qon...

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх