
Muhammad alayhissalom tanovul etgan taom turlari va ularning tarkibi
Bu o‘rinda Payg‘ambar alayhissalomning hayotlari davomida tanovul etgan taomlarning turlari va tarkibi mutavotir va sahih hadislar orqali ko‘rib chiqiladi:
1. Xurmo.🥭🥭🥭
Mazkur meva turi Muhammad alayhissalom iste’mol qiladigan ozuqalar ichida eng mashhuridir. Bu borada ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. Bu hadislarda Payg‘ambar alayhissalom boshqa mevalarga qaraganda xurmoni ko‘proq yaxshi ko‘rib iste’mol qilganlari ayon bo‘ladi.
Oisha roziyallohu anhu dedi: "Oydan oyga qarab turardik, Payg‘ambar alayhissalomning uylarida qozon osilmasdi, yemagimiz faqat xurmo bilan sut bo‘lardi. Rasululloh alayhissalomnnig ansoriy qo‘shnilari ba’zan bizga ichishimiz uchun sut keltirib berishardi. Biz shuni ichardik”.
(Buxoriy rivoyati).
“Sahihayn” kitobida Sa’d ibn Abu Vaqqosdan keltirilgan rivoyatda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“Kimki ertalab uchta ajva xurmosidan tanovul qilsa, unga o‘sha kun zahar ham, sehr ham ta’sir qilmaydi”.
Xurmo homilador va endigina ko‘zi yorigan ayollar uchun a’lo darajadagi sifatli ovqatdir. Bu keng e’tirof etilgan ilmiy haqiqatdir. Xurmo barcha mevalar ichida eng yuqori qand miqdoriga (60-65%)ega mevalardan biri hisoblanadi.
Xurmoning foydalari:
🔹 Xurmo A vitaminga boy bo‘lib, fosfor, temir, kalsiy va qand moddalari hamda V1 va V2 vitaminlariga to‘yingan meva sifatida qadrlanadi.
🔸 Shuni bilish lozimki, bir kilogramm xurmo mevasi uch ming kaloriya quvvatga ega bo‘lib, bu bir kishining 24 soatlik quvvatiga tengdir. Agar o‘zaro solishtirilsa, 1 kg xurmo 1 kg go‘shtning kaloriyasiga teng va baliq go‘shtidan uch barobar ko‘p quvvatga ega meva turi hisoblanadi.
🔹 Aynan xurmoda A vitamini ko‘proqligi uchun go‘dak bolalarning o‘sishi va suyaklarni mustaxkam bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘rish quvvatini oshirib, ko‘z bilan bog‘liq asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, quloqning asab tizimlarini kuchaytirib, qon tomirlarini yumshatadi.
🔸 Shuningdek, unda ichak yallig‘lanishi, quvvatsizlik, zaiflik va yazva kasalliklariga shifolik xususiyati mavjud.
🔹 Bundan tashqari, jigar kasalliklariga ham foydasi bo‘lib, lab yorilishi, teri qurishi kabi kasalliklar oldini olishda yordam beradi. Shuningdek, uning sport bilan shug‘ullanuvchi va aqliy mehnat qiluvchilar uchun foydasi katta.
🔸 Xurmo boshqa mevalardan ko‘ra fosforga boyroqdir. Har 100 gramm xurmoda 40 gramm fosfor mavjud. Bu esa suyak va tishning baquvvat bo‘lishiga omil bo‘ladi.
🔹 Jinsiy quvvatni oshiradi. Unda magneziy borligi uchun saraton kasalligidan davolanishda asqotadi.
(Davomi bor)
📚“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabobati” kitobidan