Ayolning erkakdan nafratlanishi — vaginizm haqida

Ayolning erkakdan nafratlanishi — vaginizm haqida

Men turmushga chiqqunimga qadar erkak zotidan o‘zimni chetga olib yurardim. Sababi, onam hamisha «o‘g‘il bolalar juda yovuz, qo‘rqinchli, sen ularga qayrilib ham qarama” der edilar. Shu so‘zlar kichikligimdan miyamga singib qolgani uchunmi, nikoh kechasida kuyovni o‘zimga yaqinlashtirmadim.

Sal qo‘l tekkizsa, dag‘dag‘ titray boshlardim, ahvolimdan uning o‘zi ham qo‘rqib ketardi. Ishonasizmi, bu hol besh oycha davom etdi, qovusholmadik.
Axiyri erim buni qaysidir shifokor tanishiga aytibdi. Shundan so‘ng sirimiz ochilib, men ancha vaqt psixolog muolajalarini oldim.
Onam menga nima uchun shunday deganikin-a? Nega men ham o‘sha gapga yopishib oldim? Turmushimizdagi tushunmovchiliklarda kimning aybi ko‘proq?

Ravil Ismanov, seksopatolog:

– Bu xol aslida vaginizm deb ataladi. Ya’ni, ba’zi bir onalar qizlarini uyatchan va iboli qilib tarbiyalamoqchi bo‘ladilaru, lekin ko‘pincha qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqaradilar.
Natijada qizlarda erkak zotiga nafrat paydo bo‘ladi, qizlar voyaga etgani sayin o‘sha nafrat yanada kuchayaveradi. Mana shu narsa nikohdan keyingi jinsiy hayotni mushkullashtiradi. Bir voqeani aytay. Yigirma besh yoshli S. ismli qiz turmush qurganiga sakkiz oy bo‘lsada, kuyovni yaqiniga yo‘latmagan.

Otasi tez-tez ichib uyga mast holda kelgani onasi bilan doim janjallashgani bois qiz erkaklarni yomon ko‘rib qolgan. Hatto turmushga chiqishga xohishi bo‘lmagan. Qarindoshlarining qistovi bilan nikohga rozilik bergan. Biroq kechalari kuyovga jon-jahdi bilan qarshilik qilgan. Shu tufayli, qizning jinsiy a’zolari, son va qorin devori mushaklari qisqarib ketgan…
Tibbiy tekshiruvda bu qizga «vaginizmning ikkinchi bosqichi” deb tashxis qo‘yilgan. Demak, muhtarama onalarimiz qizlarni jinsiy tarbiya sirlaridan asta-sekin ogoh etib borishlari kerak. Ya’ni o‘z hayosini saqlagan holda erkak zotiga hurmat va mehr bilan qarashga o‘rganganlari ma’qul. Ana shunda ko‘ngil xiraliklar yuz bermaydi.

— Yoshim 28, ayolim 23 da. Yaqinda uylandim. Birinchi nikox kechamiz qiyinroq o‘tdi, chunki xotinim juda qo‘rqdi. Jinsiy yaqinlikda og‘riydi dedi. Mana 1 hafta bo‘ldi yaqinlik qila olmayapmiz, og‘riydi, qo‘rqaman deydi. Lekin ikkalamiz xam sog‘lommiz, faqat undagi qo‘rquvni yo‘qota olmayapman. Qanday maslahat berasiz? Qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi?
— Tabiiyki birinchi nikoh kechasi va birinchi qovushish xoh ayol xoh erkak bo‘lsin o‘ziga yarasha stress omilligi bor. Bu ayollarda ko‘proq va kuchliroq kuzatiladi. Chunki ayollardi biroz og‘riqli o‘tadi.
Ayolingizda birinchi qovushish yaxshi va silliq va imkon qadar og‘riqsiz o‘tishi uchun yaxshilab silab siypalab, erkalab, chiroyli va latif so‘zlar gapirib ko‘nglini olish SHART.
Ayollarda oilaviy xayot boshida jinsiy aloqadan cho‘chish va qo‘rqish kuzatilishi normal xol deyish mumkin. Sekin asta hammasi iziga tushib ketishi kerak. Agar uzoq davom etsa kasallik bo‘ladi va Seksopatolog ko‘rigiga borishga to‘g‘ri keladi.



O'hshash ma'lumotlar

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Nima uchun bolaga faol ota kerak va qanday qilib ota bo'lish kerak

Faqat oilani boqishning o'zi etarli emas....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....



Fikr qo'shish

Наверх