Nevaralarga

Uyingizni bozor qilgan.
Ko‘p gapirib bezor qilgan.
Bir pas uxlashga zor qilgan.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Tasbexni uzib qo‘ysa ham.
Kitobga chizib qo‘ysa ham.
Soatni buzib qo‘ysa ham.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Sevingansiz tug‘ilganda.
 O‘g‘lingiz ota bo‘lganda.

Uyingizni to‘ldirganda.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Qovurdoqda sandiq to‘lgan.
Bosh oyoq sarpo kiydirgan.
Qudalarni xo‘p iydirgan.
Nevaralar omon bo‘lsin

Qizlarniki mehmon bir kun
O‘g‘ilniki birga kun, tun.
Shular bilan bag‘riz butun.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Qiznikini urisholmaysiz.
Oldida gap aytolmaysiz.
"Tegma!, "Olma!" deyolmaysiz.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Allohimning rahmatlari.
Bizga bergan ne’matlari.
Uy bezagi, ziynatlari.
Nevaralar omon bo‘lsin!

Qizlar bo‘lishsin iboli.
Iffatli, sharmu hayoli.
Qoriya,  ilmli, vafoli.
Nevaralar omon bo‘lsin.



O'hshash ma'lumotlar

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida 30 ta qiziqarli fakt

Har yili 8-martda nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuni (IWD) ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlarini tan oladigan global kundir. Bu, shuningdek, gender tengligini tezlashtirish uchun harakatga chaqiruvdir. Bu kun butun...

Avitsenna yoki Abu Ali ibn Sino haqida nimalarni bilishingiz kerak

Avitsenna - o‘rta asrlarning ajoyib olimi, shifokori, faylasufi, shoiri, musiqachisi....

Ota-onalar bilan nizolar: ulardan qanday qochish va oilada yaxshi munosabatlarni o'rnatish

Biz " O‘smirlar uchun psixolog " turkumidagi navbatdagi nashrni taqdim etamiz . Mojarolar haqida psixolog Oygul Suindiqova gapirib beradi. Siz sog‘lom mojaroni nosog‘lom mojarodan qanday ajratishni, ota-onalar bilan muloqotni ijobiy tomonga...

Homiladorlikda bosh ogʻrishi – sabablari va davolash yoʻllari

Homiladorlikda bosh ogʻrishi (sefalgiya) bilan 40 % ga yaqin boʻlajak onalar duch kelishadi. Sefalgiya belgilari homiladorlikning birinchi uch oyligida boshlanishi tabiiy holat, lekin homiladorlikning keyingi bosqichlarida bosh ogʻrigʻi tez-tez...



Fikr qo'shish

Наверх