Xudo bergan jigarlarim

Umrimning yoz, bahorisiz 
Kulgularim anhorisiz, 
Dardlarimga zo‘r dorisiz —
Xudo bergan jigarlarim.

Bitta uyga bo‘lishib jam,
Bor mehrini ko‘rar baham —
Opam, akam, singlim, ukam,
Xudo bergan jigarlarim.


Og‘ir kunda kuyunguvchim,
Yaxshi kunda suyanguvchim,
Sizlar sabab zo‘rdir kuchim —
Xudo bergan jigarlarim.

Eng chiroyli chog‘larimsiz,
Jannat hidli bog‘larimsiz,
Gar yiqilsam, tog‘larimsiz —
Xudo bergan jigarlarim.

Biringizda otam shaxti,
Biringizda onam tafti,
Siz — toleim, omad, baxti —
Xudo bergan jigarlarim.

Tillarimdan tushmas duo,
Tilaklarim cheksiz daryo.
Kam bo‘lmangiz ikki dunyo —
Xudo bergan jigarlarim.



O'hshash ma'lumotlar

Jonim opam

Mening mehribon mehrligim, Tanhogina qadrligim, Matonatli sabrligim, Jon opam jonim opam!...

Singlim

Uyimizning eng erkatoyi, Farishtasi, hur kichkintoyi, Quvnatadi ko‘nglimni doim, Onam kabi mehribon singlim....

Tushda daryo ko'rsa nima bo'ladi

DARYO Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushdagi, daryo podshoh yoki ulug‘ olim bo‘ladi. Daryo suvi ravshan, toza va xushta’m bo‘lsa, porso, odil va sofdil podshoh bo‘ladi. Daryo suvi noxush va bemaza bo‘lsa, zolim va yomon podshoh bo‘ladi. Daryo suvidan...

Tushda duo qilmoq ko'rsa nima bo'ladi

DUO QILMOQ (DUO KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda duo qilish hojatlarning ravo bo‘lishidir. Tushida o‘zi haqida duo qilayotganini va Xudodan kechirim so‘rayotganini ko‘rsa, ishlarining oqibati yaxshi bo‘lishi va hojatlari yuzaga chiqishini...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх