Ammalarni yaxshi ko'ring

Choptiradi omad degan otingizni,
Yashiradi, to‘g‘irlaydi xatongizni,
Sizdanda zo‘r qadrlaydi otangizni,
Ammalarni yaxshi ko‘ring, ammalarni.

Jiyanga xos burchingiz bor bo‘yningizda,
Chopib, chopib xizmat qilar to‘yingizda,

Bittagina rasmi bo‘lsin uyingizda,
Ammalarni yaxshi ko‘ring, ammalarni.

Kulgu berib turing mahzun yuzlariga,
Taftingizni tuting yurak muzlariga,
Ko‘zlaringiz o‘xshab ketar ko‘zlariga,
Ammalarni yaxshi ko‘ring, ammalarni.

Xudoyimga borib yetar tilaklari,
Duolardan to‘xtamaydi bilaklari,
Otangizning bu hayotda tirgaklari,
Ammalarni yaxshi ko‘ring, ammalarni.



O'hshash ma'lumotlar

AYOL BOR BO‘LSIN

Bizlar uxlab yotgan bir onda, Saharlikka turib azonda, Masalliqni solib qozonda, Taom qilgan ayol bor bo‘lsin, Nomalari savobga to‘lsin....

Yurak haqida 21 ta qiziqarli fakt

Yurak nihoyatda murakkab va hayotiy organ bo'lib, inson tanasida muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqolada biz yurak va uning funktsiyalari haqida ba'zi qiziqarli faktlarni ko'rib chiqamiz....

Stefano Ricci ning Italiya dizayni imperiyasi

Hashamat va maqom tushunchalari ko‘pincha trendlar tomonidan xiralashgan yuqori moda olamida abadiy qadriyatlarni yaratuvchi brendlarning alohida toifasi mavjud. ...

Qizga sevgingizni qanday tan olish kerak: buni chiroyli va samimiy qilishga yordam beradigan maslahatlar

Sevgi izhori har qanday inson hayotidagi eng hayajonli daqiqalardan biridir. Bu hissiyotlar bo‘ronini keltirib chiqarishi mumkin: quvonchli kutishdan rad etish qo‘rquvigacha. Agar siz qizga his-tuyg‘ularingizni tan olish vaqti kelganini his...

Turmush qurgach, juftingiz bilan shu 7 ta oltin qoidaga kelishib oling

Va bu qoidalarni hech qachon buzmaslikka ahdlashing....



Fikr qo'shish

Наверх