Azizam,  qariganingda..

1. Xammaga aql o‘rgataverma.  Xattoki xammadan donoligingni bilsang xam, xadeb boshqalarni qaror qabul qilishlariga aralashma. Yoshligingni esla, kattalarni nasixati quloklaringga yoqarmidi yuqmi..

2. Sendan yordam so‘rashmasa, yordam berishga oshiqma. Yaqinlaringni dunyoning barcha balo-qazolaridan asrashga urinma. Ularni mexr ila duo kil.

3. Noliyverma! Vaysaqi kampirga aylanib kolma! Axir senga unday kariyalar yoqmasdiku.

4. Bolalaringdan minnatdorchilik kutma. Yodingda tut: noshukr farzandlar bo‘lmaydi. Bolalaridan doyim minnatdorchilik kutib, xattoki talab qilib yashaydigan nodon ota-onalar bo‘lishadi.  Mexr talab qilib olinmaydi, u shunchaki beg‘araz, beminnat beriladi.


5. "Men seni yoshingda.."
"Senlarni deb umrimni o‘tkazdim.."
"Sendan yoshim katta, shunichun men yaxshiroq bilaman.."
"Odamlarni bolasiga o‘xshab.." kabi so‘zlarni aslo ishlatma.

6. Pullaringni xadeb yig‘averma, o‘zing uchun sarfla, sayoxat kil.

7. Ering qari, vaysaki, kuchsiz cholga aylanib kolsa xam, uni xamisha xurmat qil, avayla.

Axir erining roziligini olgan ayolga jannat va’da qilingan.
O‘sha yomon cholni e’zozlasang
Kelinlar oldida xurmating bo‘ladi. 

8. Nabirali  bulganingda yanayam muloyimroq, xalimroq bo‘lgin, yumshoq muomala kilib,  ularga namunali, sevimli buvijon bo‘lishga xarakat qil.

9. Endi avvalgiday quyuq pardoz qilmagin, qosh-ko‘zingga o‘sma-surma surtib, kullaringga xna quyib yursang kifoya, undan ortig‘i bachkana ko‘rinadi.

10. O‘zingni ko‘pam ayblama. Taqdiring qanday bo‘lishidan, farzandlaring qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, sen qulingdan kelgancha yashading, aqling yetgancha tarbiyalading.

☝️ Xar qanday xolatda xam obro‘ingni saklab qol. Bilginki sen shuncha yil yashab, xali xam tirik ekansan, demak - seni qiladigan savob ishlaring va ibodatlaring xali ko‘p va sen yaqinlaringga keraksan!



O'hshash ma'lumotlar

Hayot haqida 45 ta qiziqarli fakt

Hayot - bu hayrat, hayrat va kashfiyotlarga to‘la aql bovar qilmaydigan sayohat. Biz atrofimizdagi dunyoni o‘rganyapmizmi, yangi narsalarni o‘rganyapmizmi yoki tabiiy dunyoning go‘zalligini qadrlash uchun vaqt ajratamizmi, har doim kashf qilish...

Ota-onalar bilan nizolar: ulardan qanday qochish va oilada yaxshi munosabatlarni o'rnatish

Biz " O‘smirlar uchun psixolog " turkumidagi navbatdagi nashrni taqdim etamiz . Mojarolar haqida psixolog Oygul Suindiqova gapirib beradi. Siz sog‘lom mojaroni nosog‘lom mojarodan qanday ajratishni, ota-onalar bilan muloqotni ijobiy tomonga...

Ering bulsin boshingda!

Ertalab kech tursa xam, Kup xayollar sursa xam, Tovok bilan ursa xam, Ering bulsin boshingda!...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Muloyim tarbiya nima va u bola bilan aloqani mustahkamlashga qanday yordam beradi

Yumshoq bo'lish hamma narsaga ruxsat berishni anglatmaydi....



Fikr qo'shish

Наверх