Tushda toj ko'rsa nima bo'ladi

TOJ Muhammad ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi toj podshohlar uchun mulku hidoyat, ayollar uchun umr yo‘ldoshi, oddiy odamlar uchun yaxshi ahvol bo‘ladi. Agar boshida oltindan qilingan va ziynatlangan toj borligini ko‘rsa, baland e’tibor va ulug‘ obro‘ topishiga dalil bo‘ladi. Biroq, dinda va shari’at yo‘lida zaif bo‘ladi.

Agar bu tushni ayol kishi ko‘rsa, dunyo ishlarida shafqatga va izzatga ega bo‘lgan kishiga turmushga chiqishini bildiradi. Agar podshoh biror kishining boshiga toj kiydirganini ko‘rsa, o‘sha kishi podshoxdan ulug‘lik va murod topishiga dalildir. Agar podshoh toj berganini va bu tojni boshiga kiyganini ko‘rsa, boyvachcha xotinga uylanishini va u tufayli murodu maqsadiga yetishini bildiradi. Agar boshidan toj tushib ketganini va singanini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Agar uning boshidan tojni olib qo‘yilganini ko‘rsa, xotinidan judo bo‘lishiga dalildir. Agar boshidan toj tushib ketsa va sinsa, xotinining o‘lishi yoki ahli oilasidan kimdir vafot qilib, dunyodan ketishini bildiradi.


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, agar ayol kishi boshida toj borligini ko‘rsa, eri bo‘lmasa erga tegishini, agar eri bo‘lsa, ayollarga bosh bo‘lishini bildiradi. Agar ayol kishining boshidan tojini olib qo‘yganlarini ko‘rsa, uning eri xotin olishini yoki uni taloq qilishini bildiradi. Agar podshohning boshida gavharlar bilan ziynatlangan toj borligini ko‘rsa, podshohning izzat va obro‘yi oshishiga va hurmati baland bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda bosh kiyimi, do'ppi, kepka, shapka ko'rsa nima bo'ladi

BOSH KIYIMI (KULOH) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda bosh kiyimini ko‘rish uning qiymatiga muvofiq izzat va obro‘ bo‘ladi. Tushida g‘oziylarning bosh kiyimini ko‘rsa, dushmanga g‘olib bo‘lishini bildiradi....

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх