Tushda tepalik ko'rsa nima bo'ladi

TEPALIK (PUSHTA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida cho‘ldagi tepalik ustida o‘tirganini yoki tog‘dagi bir tepalik ustida o‘tirganini ko‘rsa, bir ulug‘ va martabali kishidan obro‘-e’tibor topishini bildiradi, biroq bu obro‘-e’tibor o‘sha tog‘ atrofidagi yerlarning kengligi mikdoriga bog‘liqdir.

Agar o‘sha tepalikning ustida tik turganini ko‘rsa, bir ulug‘ kishiga yaqinlashishi mol va hurmat topishini bildiradi. Agar o‘sha tepalik o‘zining mulki va mavzei ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi unga qahr qilishi, molu ne’matini tortib olishi va uning o‘rniga o‘tirishini bildiradi. Agar o‘sha tepalikning qismi o‘ziniki ekanini ko‘rsa, shu qismning katta-kichikligiga qarab, ne’mat va ulug‘lik topadi. Agar o‘sha tepalikdan qulab tushsa yoki kimdir uni yiqitib yuborsa, bir ulug‘ kishi tomonidan behurmat qilinishini va zarar topishini bildiradi. Agar tepalikka zo‘r qiyinchilik bilan ko‘tarilayotganini ko‘rsa, unga g‘amu anduh yetishiga dalil bo‘ladi.


Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, tushda tepalikni ko‘rmoq to‘rt narsani bildiradi: balandlikni; molni; quvvatni; sog‘liqni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bog' ko'rsa nima bo'ladi

BOG‘ KO‘RISH (BOG‘ DIDAN) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi bog‘ xotin bo‘ladi. Boqqa suv berayotganini ko‘rsa, xotini bilan yaqinlik qiladi. Boqqa suv berayotganini, biroq nam bo‘lmayotganini ko‘rsa, xotini uning yaqinlik qilishini...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda daraxtlar ko'rsa nima bo'ladi

DARAXTLAR (DARAXTON) Doniyol (a.s.) aytadilar: Tushdagi odamlar uchun qadrli bo‘lgan daraxt azizi va ulug‘ kishi bo‘ladi. Qadrsiz daraxt esa pastkash kishi bo‘ladi. Mevali daraxt badavlat kishiga dalil, mevasiz esa faqir kishiga dalil. Bog‘da...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda tog' ko'rsa nima bo'ladi

TOG‘ (KO‘H) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘zini baland tog‘ ustida ekanini va bu tog‘ o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ kishi uni o‘z himoyasiga olishiga dalildir. Tushida tog‘ni o‘z joyidan qo‘porib yuborganini ko‘rsa, birulug‘...



Fikr qo'shish

Наверх