PESHONA (PESHONIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi peshona odam uchun qadru e’tibor bo‘ladi, chunki u Alloh uchun sajda qiladigan joydir. Ba’zilarning aytishicha, peshona o‘z ahli oilasidan bo‘lgan farzand bo‘lib, badavlat bo‘ladi. Agar peshonada bir nishona (belgi) borligini ko‘rsa, peshona sohibining poklik, dindorlik va parhezgarlikda mashhur bo‘lishini bildiradi.
Agar kimdir uning peshonasiga zahm yetkazganini va undan qon ravon bo‘lganini ko‘rsa, obro‘ va e’tibori ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar peshonasi kichik bo‘lib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida peshonasining boshqacha bo‘lib qolganini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Agar peshonasidan mo‘y o‘sib chiqqanini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishini bildiradi. Agar o‘sha mo‘ynish qizil yoki oq ekanini ko‘rsa, qarzdorligi ayol sababli bo‘lishini bildiradi. Agar peshonasida shish borligini ko‘rsa, moli ziyoda bo‘lishini bildiradi.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladiSIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...
Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladiSOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...
Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladiTUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...
Tushda farj (ayol kishi jinsiy azosi) ko'rsa nima bo'ladiFARJ Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, erkak kishi tushida ayollarniki kabi farji borligini ko‘rsa, xor va bechora bo‘lishiga dalildyr. Agar bir kishi u bilan jimo (jinsiy aloqa) qilganini ko‘rsa, o‘sha odam hojatini chiqarishiga dalildir. Agar...
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladiQON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...