Tushda paypoq ko'rsa nima bo'ladi

PAYPOQ (JUROB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi paypoq xotinlardan bo‘ladigan xodimani bildiradi. Agar ipakdan yoki oddiy ipdan to‘qilgan yangi paypoq kiyganini ko‘rsa, unga asl xodima bo‘lib, undan foydalar topishiga dalildir. Agar jundan to‘qilgan, naqsh solingan borligini ko‘rsa, chiroyli kanizak sotib olishi yoki zebo bir xotin olishiga dalildir. Agar sariq paypog‘i borligini ko‘rsa, kasalmand xodima olishiga dalildir. Agar paypog‘i qizil ekanini ko‘rsa, xodimasi sho‘x va besharm ekanini bildiradi.

Agar paypog‘i qora bo‘lsa, tush ko‘ruvchi solih odam bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi, mo‘ysafid bo‘lsa yomon bo‘ladi. Agar paypog‘ining eski va iflos ekanini ko‘rsa, xodimining bir fasod ishda muttaham qilishlariga dalildir. Agar paypog‘ining yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xodimining o‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi paypoq, mol va qidirgan narsani bildiradi. Agar paypog‘ining hidi noxush bo‘lsa molidan zakot bermasligiga va unga nisbatan odamlarning tili uzun bo‘lishiga dalildir. Agar paypog‘ining hidi xush bo‘lsa molining zakotini berishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar paypog‘i teridan bo‘lsa qaysi teridan bo‘lishiga qaraladi. Agar tuyaning terisi bo‘lsa xodimi ulug‘ himmatli va asli ulug‘ bo‘lishiga dalildir. Agar qo‘y terisidan bo‘lsa xodimi oddiy xalkdan bo‘lishiga dalildir. Agar ot terisidan bo‘lsa xodimi ulug‘lardan yoki sipohiylardan bo‘lishiga dalildir. Agar xachir terisidan bo‘lsa xodimi dala odamlaridan bo‘lishiga dalildir.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar oyog‘ida paypoq borligini ko‘rsa, molini saqlashga dalildir. Agar oyog‘ida oq va pokiza paypoq borligini ko‘rsa, molining zakotini berganligiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi kiyilgan paypoq zakot mollarini saqlovchi kishidir. Agar paypog‘idan xush hid kelganini ko‘rsa, o‘lganida ham tirigida ham, unga sano aytishlariga dalildir. Agar paypog‘idan noxush hid kelayotganini ko‘rsa, uni malomat qilishlari va nafrat o‘qishlariga dalildir. Agar paypog‘ining yo‘qolib qolganini ko‘rsa, molidan zakot bermaslikka, molining esa yo‘q bo‘lib ketishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda go'shtlar, go'sht ko'rsa nima bo'ladi

GO‘SHTLAR (GO‘SHTHO) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushda suvda pishirilgan go‘sht qovurilgan go‘shtdan yaxshiroq bo‘ladi, qovurilgan go‘pgg esa xom go‘shtdan yaxshirokdir....

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх