Tushda orqasiga shapaloq yemoq ko'rsa nima bo'ladi

ORQASIGA SHAPALOQ YEMOQ (QAFO XURDAN) Ibn Si-rin (r.a.)ning aytishicha, tushida orqasiga mo‘y chiqqanini ko‘rsa, qarzdor bo‘lishiga dalildir. Agar orqasidan mo‘yni tushirganini ko‘rsa, karzdan qutilishiga dalildir. Agar tushida kimdir orqasiga shapaloq tushirganini va shishganini ko‘rsa, unga ham, uning odamlariga ham foyda yetishiga dalildir. Agar notanish bir odam orqasiga tushirganini ko‘rsa, begona odamdan foyda olishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uning orqasiga shunchalik ko‘p shapaloq tushirganini va u yerdan qon oqayotganini ko‘rsa, bir kishi bilan tortishishi va ziyon yetishiga dalildir. Agar tushida orqasini yirtib yuborganini ko‘rsa, ayoli unga xiyonat qilishiga dalildir. Agar orqasidan qon olayotganini ko‘rsa, sotib olgan biror narsasiga vasiqa yozishiga dalildir.

Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, yuzi orqasiga bo‘lib qolganini ko‘rsa, odamlarga munofiqlik qilishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda bosh ko'rsa nima bo'ladi

BOSH (SAR) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi bosh guruh boshlig‘idir. Agar tushida kesilgan boshni ko‘rsa, do‘st va rahbar bo‘lishiga, uni xohlashlariga va undan boshqalar xayru manfaat topishiga dalildir. Agar boshi hech zaxmsiz...

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...



Fikr qo'shish

Наверх