IT (SAG) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi it pastkash dushmandir, biroq mehribon bo‘ladi. Tushdagi urg‘ochi it pastkash ayol bo‘ladi. Qora it arablarda bo‘lgan dushmanni bildiradi, oq it ajamlik dushman bo‘ladi. Tushida itning o‘ziga qarshi vovullayotganini ko‘rsa, dushmandan yoqimsiz so‘z eshitishiga dalildir. Agar it tishlab olganini ko‘rsa, dushmandan ziyon yetishiga dalildir.
Agar libosi itning so‘lagi bilan bulg‘anganini ko‘rsa, dushmandan xasta va xavotirda bo‘lishiga dalildir. Agar it uning libosini yirtganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishiga dalildir. Agar itga non berayotganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Agar it u bilan jinsiy yaqinlik qilganini ko‘rsa, dushman undan tama’ qilishiga dalildir. Agar it unga suyanib olganini ko‘rsa, pastkash dushmanga ishonishi va unga yordam berishiga dalildir. Agar itning sutini ichayotganini ko‘rsa, unga kuchli xavf va qo‘rqinch yetishiga dalildir, u bilan dushman o‘rtasiga xusumat bo‘lishi ham ehtimoldir. Agar it undan qochayotganini ko‘rsa, dushman undan ehtiyotda ekaniga dalildir. Agar urg‘ochi it uyiga kirib kelganini ko‘rsa, pastkash ayolga uylanishiga dalildir. Agar it uning libosini tishi bilan tishlaganini ko‘rsa, unga yoqimsiz bir narsa yetishiga dalildir.
O'hshash ma'lumotlar
Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladiILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang...
Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladiLIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...
Tushda nonlar ko'rsa nima bo'ladiNONLAR (NONHO) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushda pokiza nonlarni ko‘rsa, rohatni bildiradi. Agar non toza va pokiza bo‘lmasa, noxush hayotni bildiradi. Tushida non sotib olganini va uyiga olib kelganini ko‘rsa, xayru manfaatga va halol moldan...
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladiOLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...
Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladiTUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...