Tushda imorat qurish, bino qurish ko'rsa nima bo'ladi

IMORAT, QURILISH (IMORAT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, bir odam tushida xarob bir joyda imorat, masalan, masjid, madrasa yoki xanaqoh qurganini ko‘rsa, dinning sozligi va u jahon savobini bildiradi. Agar xarob bir yerda o‘zi uchun imorat, ya’ni saroy, do‘kon yoki boshqa narsalarni qurayotganini ko‘rsa, bu dunyo foydalarini topishiga dalildir. Agar mashhur joyi xarob bo‘lganini ko‘rsa, balo va ofatga tushishiga dalildir.


Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar tushida mashhur, ma’lum va obod joyda muqim yashab qolganini ko‘rsa, bu joydan obodonligi mikdorida yaxshilik va foydalar ko‘rishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi imorat to‘rt narsani bildiradi: bu jahonning sozliklarini; xayru manfaatni; baxtni; yurishmay qolgan ishlarning yurishib ketishini va barakatni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda masjid ko'rsa nima bo'ladi

MASJID (MASJID) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi masjid odamlar huzuriga ko‘p keladigan olim kishidir. Haq ta’olo Qur’oni Karimda aytadi: Ular o‘z diyorlaridan faqatgina Rabbimiz Allohdir, deganlari uchun quvilgan edilar. Agar Alloh...

Tushda obodonlik, obodonlashtirish ko'rsa nima bo'ladi

OBODONLIK (OBODONIY) — Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar xarob joyni, masalan, masjid, madrasa, xonaqoh va shunga o‘xshash yerlarni obod qilayotganini ko‘rsa, o‘zida hosil bo‘ladigan sof din, aqlu zakovat va oxirat savobiga dalildir. Xarob yerni,...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda poydevor qo'ymoq ko'rsa nima bo'ladi

POYDEVOR QO‘YMOQ (BUNYoD NIHODAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida poydevor qo‘yayotganini ko‘rsa, ko‘rgan poydevorining miqdoriga muvofiq kattayu-kichikdan dunyoviy foyda ko‘radi. Agar noma’lum joyga poydevor qo‘yganini ko‘rsa, lekin bu joy...

Tushda saroy ko'rsa nima bo'ladi

SAROY (SAROY) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, agar tushida begona bir saroyga kirib qolganini, bu yerda hech kimni tanimasligini va saroyda murdalar yurganini ko‘rsa, bu oxirat saroyi ekanini va ajali yaqin ekaniga dalildir. Agar saroyga...



Fikr qo'shish

Наверх