O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon! 
 
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor! 
 
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod! 
 
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
 
Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov she'ri



O'hshash ma'lumotlar

Yoshlar madhiyasi

Yoshmiz, dilimizda ezgu ahd bo'lgay, Har yurakda shiddat bo'lgay, shahd bo'lgay! Yurtboshimiz ko'rsatgan yorugʻ yo'lda, Manzilgacha yo'ldoshimiz baxt bo'lgay!...

Madhiyam - dunyo uzra yangrab tur

Istiqlolning nishonasi sendursan, Zulmatimda bo'lgansan nur — Madhiyam! Jahonlarga bitta o'zing tengdursan, Dunyo uzra kuylanib tur, Madhiyam!...

Davlat madhyisi yangragan mahal

Davlat madhiyasi yangragan mahal, Yurtdoshim, daryoday oyoqqa qalqi Chunki, osonlikcha erishgan emas, Bu baxtga jafokash, mard o'zbek xalqi...

Jonin bergan jigarlarim

Vatan uchun jonin bergan jigarlarim, Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim, Xoinlarni itday qirgan jigarlarim, Unutmaydi nomingizni ona Vatan....

Xotira maydoni

Serzarda zamonlar oʻtdilar qator, O'ʻtdilar yillaru oylar rang-barang. Moziydan bugunga yetmasdi ovoz, Boʻlmaganda, xalqim, sening xotirang....



Fikr qo'shish

Наверх