Sinfdoshlarni sog'inib

Sinfdoshlarni sog'inib

Uzoq o‘lkalarning bir chekkasida 
Ko‘zimda miltirar sog‘inch yoshlari.
Eski xotiralar iskanjasida, 
Sizlarni sog‘indim, sinfdoshlarim.

Oq ko‘ylak, qora shim, qo‘llarda papka,
Tizilib turardik tonglari safga,
Sochilib ketganmiz hamma tarafga, 
Qachon ko‘rishamiz, sinfdoshlarim.

Ming bor arazlashib, ming bor yarashib,
Tanaffusda kulgi gaplar ulashib,
Partalar ustida yurgan kurashib,
Ajralmas do‘stlarim, sinfdoshlarim.

Yillar o‘tgan sayin osharkan qadr, 
Bu onlar qaytarib bo‘lmas tufhadir,
G‘ala-qovur sinf esingizdadir,
Sho‘xligim qumsadim, sinfdoshlarim.

Eslab o‘tiribman, egib boshlarim,
Bilmam nega sizsiz kechar tushlarim,
Shu kecha dardlarim aytmay birovga,
Sizlarni sog‘indim, sinfdoshlarim.

Sinfdoshlarga yuborib qo‘yamiz!



O'hshash ma'lumotlar

Noma'lum askarga maktub

Mushtipar onangni, boshlari sarak, Qalbini tig'laydi sog'inch tug'yoni, Ko'p yil bo'ldi axir sendan yo'q darak, Qachon uyga qaytasan o'zbek o'g'loni....

Tushda libos ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda ko'ylak ko'rsa nima bo'ladi

KUYLAK (PIROHAN) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi oq ko‘ylak din bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ko‘ylak — ayol bo‘ladi, yana kasbu maishatdagi ahvolni bildiradi. Agar yangi va keng ko‘ylak kiyganini ko‘rsa ishlarining yaxshi...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda son ko'rsa nima bo'ladi

SON (ADAD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida diram, dinor yoki libos yoxud boshqa narsalardan bitta berganini ko‘rsa, yaxshilik ko‘rishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar...



Fikr qo'shish

Наверх