Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi

Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi

Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.⠀
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o‘tkazishni, keyin tashxis qo‘yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o‘tkazishni tushuntiribdi. ⠀
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko‘ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo‘lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog‘i qanchalik og‘ir ekanligini aniqlab olamiz. ⠀
O‘sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o‘z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o‘ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”. ⠀
— Azizam, nima ovqat qilyapsan? ⠀
Hech qanday javob bo‘lmabdi. Er yo‘lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi. ⠀
— Go‘zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan. ⠀
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo‘lmabdi. Er oshxonaga kiribdi. ⠀
— Nima ovqat yeymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi. ⠀
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan? Xotini unga o‘girilib qarabdi. 
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!



O'hshash ma'lumotlar

Diyeta va sport zalisiz vazn yo'qotishni boshlash uchun 10 ta maslahat

Turmush tarzingizni o'zgartiring va vazn yo'qola boshlaydi....

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Mustaqil bolani qanday tarbiyalash mumkin: dangasa ona usuli

Ota-onalarga farzandlariga muhim hayotiy ko'nikmalarni o'rgatish va janjal va injiqliklardan qochishga yordam beradigan tamoyillar....

Hazilga o'xshash 9 ta haqiqiy tarixiy fakt

1. Oʻrta asrlarda er va xotin oʻrtasidagi baʼzi nizolar duel orqali hal qilingan Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer tomonidan tuzilgan Er va xotin, shaytondan biri. Qilichbozlik bo'yicha qo'llanma 1459 yilda Hans Talhoffer...

Vaqt nima

To'g'ri vaqt nima? Eynshteyn mutlaq vaqt yo'qligini ta'kidladi. Vaqt o'zi ta'sir qiladigan kuchlar tizimiga qarab nisbiydir. Bu rasman ma'lumot doirasi deb ataladi. Sizning tizimingizda o'tadigan vaqt sizning vaqtingiz deb ataladi....



Fikr qo'shish

Наверх