Jinsiy tarbiya darslari qanchalik kerak?

Jinsiy tarbiya darslari qanchalik kerak?

O‘smirlik yillari boshlanib, yigit va qizlar organizmda keskin o‘zgarishlar jarayoni boshlangach, jinsiy hayot mavzusi haqidagi to‘liq va sifatli ma’lumot, bilim va ko‘nikmalarga muhtojlik seziladi. O‘z vaqtida shu talab sifatli axborot manbai orqali qondirilmas ekan, bo‘shliq o‘z-o‘zidan sifatsiz manbadan olingan ma’lumot bilan to‘ldiriladi. Ma’lumotning sifati, ishonchligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

O‘zbek oilalarining necha foizida ota-ona o‘z farzandiga jinsiy hayot saboqlarini bera oladi? Juda kam bo‘lsa kerak. Kimdir uyaladi, kimdir ko‘p narsani, shunchaki, o‘zi ham bilmaydi. Maktabda bu mavzu o‘tiladimi? Bizning maktabda o‘tilmagan, masalan. Qizlarni to‘plab bir narsalarni o‘tishgan, lekin o‘g‘il bolalar chetda qolgan. Kimdir maktabda erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy aloqalar mavzusi yoritilgan darsda qatnashgan bo‘lsa, shu blogpost ostiga komment sifatida nima o‘tilgani, qanday savollar muhokama etilgani haqida yozib o‘tsa, xursand bo‘lardim. Ko‘rib turibmiz-ki, o‘smirlar maktabda ham, oilada ham bu borada bilim olmaydi. Ko‘cha-ko‘yda, gazeta-jurnal, televizor va internetda o‘zi bilganicha ma’lumot to‘playdi. Shular asosida bu mavzu bo‘yicha muayyan qarashlar shakllansa, ajab emas.

Bu voqeani yaqinda Issiqko‘llik nonvoyxona (bo‘lka non chiqaradigan) boshlig‘i aytib berdi. Uning aytishicha, reproduktiv sog‘liq borasida avvallari bilimi uncha yaxshi bo‘lmagan, bunga e’tibor ham bermagan. Yaqin tanishiga sherik bo‘lib borib-kelish uchun Bishkekka treningga kelib qatnashgan va bir dunyo yangi ma’lumotlar bilan qaytgan. Qaytgach, qo‘li ostida ishlaydigan 8 nafar ayolni oldiga chaqirib, menstruatsiya kunlari 3 kundan dam olish berishi, buning uchun oylikdan qirqmasligi haqida ma’lum qilgan. Ya’ni ayollar hayzli kunlari 3 kun ishga kelmasligi mumkin bo‘lgan. Aytishicha, shundan keyin ayollarning boshliqqa ham, ishga ham munosabati o‘zgargan. Samaradorlik oshgan, g‘alva-janjallar ancha ozaygan.

Ishonchim komilki, agar yoshlarga avval boshdan shunday darslar berib borilsa, tartibsiz jinsiy aloqalar soni ham, buning natijasidagi turli jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar soni ham ancha kamaygan bo‘lardi. Sababi, yoshlarda o‘z organizmiga nisbatan hurmat, javobgarlik hissi tarbiyalab boriladi. Qolaversa, baxtli oilalar soni ham ancha ortadi. Jinsiy hayot oila mustahkamligining eng asosiy ustunlaridan biridir.



O'hshash ma'lumotlar

Ayol orgazmi haqida

Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi....

Ayrim yosh kelin-kuyovlarning qovusha olmaslik sabablari

Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi...

Ota-onalar va ota-onalar haqida 10 ta foydali maslahatlar

Bolalar bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rganish hech qachon kech emas....

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Muloyim tarbiya nima va u bola bilan aloqani mustahkamlashga qanday yordam beradi

Yumshoq bo'lish hamma narsaga ruxsat berishni anglatmaydi....



Fikr qo'shish

Наверх