Bola ongini oshirishda sinalgan 5 oddiy usul

Bola ongini oshirishda sinalgan 5 oddiy usul

Yaxshi kitoblar, ongni oshiruvchi qimmatbaho o‘yinchoqlar sotib olish, bolani ommabop mashg‘ulotlarga olib borish — haqiqatan ham bularning hammasi kerakmi? Tarbiyalashning moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan universal usullari ham bor.

Taktil aloqa
Qo‘lga ko‘proq olinadigan, ko‘p quchoqlab o‘piladigan go‘daklar tezroq o‘sadi va hatto o‘zini yaxshiroq his qiladi. Lekin kattaroq bolalarga ham taktil aloqa juda zarur.

Qarshingizda besh yoshli bolami yoki qirqinchi razmer oyoq kiyimi kiyadigan o‘smir bo‘ladimi, bu muhim emas – farzandingizni quchoqlashni, uxlashdan oldin o‘pishni va boshini silashni unutmang. Bularning hammasi himoyalanganlik va ota-ona muhabbatini his qilishga yordam beradi.

Rivojlantiruvchi muhit
Bu yerda gap fantaziyani, tasavvur qilishni rivojlantiradigan narsalar haqida borayapti. Yorma va tarelkalar, qog‘oz, qalamlar, qum, suv – atrofda nima bilan o‘ynash, tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ularning hammasi bo‘lgani ma’qul. Asosiy qoida – xavfsizlik, tartibga keltirish masalasini esa o‘yinlardan keyin bemalol hal qilsa bo‘ladi.

Maqtov
Ota-onalarning fikri – bu bolaning tashqi dunyodan oladigan birinchi reaksiya hisoblanadi. U keyinchalik aynan shundan kelib chiqqan holda o‘ziga va o‘z qobiliyatlariga baho beradi. Lekin maqtovning to‘g‘ri bo‘lishi juda muhim. Demak – faqat haqiqiy fazilatlarni yoki yutuqlarni baholash kerak.

Qabul qilish
Bu juda muhim payt. Bolalarga muhabbat hammasidan ham ular bunga loyiq bo‘lmagan paytlarda juda zarur bo‘ladi. Bola qanday xatoga yo‘l qo‘ymasin, unga siz yonida ekanligingizni namoyish qiling.

Qilmishlarini ayblash bilan uni o‘zingizdan itarmang. Shunda, farzandingiz o‘z muammolari bilan tanishlariga emas, balki sizning oldingizga keladigan bo‘ladi.

Oqilona tanqid
Bunday tanqidning vazifasi – aynan nimani va qanday tuzatish mumkinligini ko‘rsatish. Tanqidning eng muvaffaqiyatsiz ko‘rinishi – keskin va ranjitadigan, shuningdek boshqa bolalar bilan taqqoslash hisoblanadi.



O'hshash ma'lumotlar

O’g’il ko’rish – sirlari, kalendari va homila jinsini aniqlash usullari

Tug’ilajak farzandning o’g’il bo’lishini istovchilar uchun bir qator ehtimoliy usullar mavjud. Bu usullardan foydalanib o’g’il ko’rish darajasi 100 %ga yaqinlashadi. Ammo, o’g’il ko’rish uchun aniq kafolatlangan hech qanday holatlar yo’q va bu inson...

Ota-onalarning 6 turi va ular bilan qanday qilib to'g'ri munosabatda bo'lish kerak

Agar kimdir sizning hayotingizni buzsa, siz o'tirolmaysiz. Garchi bu odamlar sizning ota-onangiz bo'lsa ham....

Nima uchun bolaga faol ota kerak va qanday qilib ota bo'lish kerak

Faqat oilani boqishning o'zi etarli emas....

Muloyim tarbiya nima va u bola bilan aloqani mustahkamlashga qanday yordam beradi

Yumshoq bo'lish hamma narsaga ruxsat berishni anglatmaydi....

Homiladorlar uchun gimnastika

Homiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...



Fikr qo'shish

Наверх