8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chorak asrdan sal ko‘proq muqaddam 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

Konstitutsiya Kuni erkin va kuchli davlat ramzi, mamlakat taraqqiyoti va har bir insonning hayot sifatini oshirish poydevoridir.

Sizga Fuqaro aviatsiyasi agentligi nomidan chin dildan, bag‘rikenglik, mustahkam sog‘lik, farovonlik va vatanimiz ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilishingizni tilayman!



O'hshash ma'lumotlar

EA asoschisi Trip Xokins xaqida nimalarni bilishingiz kerak

EA haqida: "Bu birinchi bo‘ldi!" Kompaniya son-sanoqsiz o‘yinlar, afsonalar va yangi janrlarning kashshoflarini tug‘ilishiga yordam berdi....

Yandex asoschilari haqida nimalarni bilishingiz kerak

Yandex-ni hamma biladi. Ammo uning tarixi - muvaffaqiyatining sirini kam odam biladi. Biz tushuntiramiz: qidiruv tizimi g‘oyasi qanday tug‘ilgan; 2000-yillarning boshlarida Yandex qanday qilib Ramblerni ortda qoldirdi; qanday qilib Google hali ham u...

Uzum asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Xalqaro investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda Uzumning fintech ekotizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda – zamonaviy texnologiyalar, mahalliy xususiyatlarni chuqur anglash va o‘sish strategiyasini uyg‘unlashtirgan...

Dunyoning eng boy 20 kishisi - 2024. Forbes reytingi

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 38-jahon reytingini e'lon qildi. Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti va bosh direktori Bernard Arno ketma-ket ikkinchi yil dunyoning eng boy milliarderlari reytingida...

Bill Geyts: "Microsoft asoschisi haqida nimalarni bilishingiz kerak

Bill Geytsning to‘liq tarixi va tarjimai holi. Bill Geyts muvaffaqiyatining siri va u qanday qilib dunyodagi eng mashhur odam bo‘lishga muvaffaq bo‘lganini batafsil bilib oling. Qiziqarli faktlar, kitoblar va filmlar...



Fikr qo'shish

Наверх