Tushda uy, xona ko'rsa nima bo'ladi

UY (XONA) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi uy erkak kishi uchun xotin bo‘ladi. Agar tushida uyning ustunlari bilan ko‘targanini ko‘rsa, muruvvatli va karamli ayolga uylanishi mumkin. Agar tushida yangi uyga kirganini ko‘rsa, boyvachcha xotin olib, o‘zi ham boy bo‘lib ketishini bildiradi. Agar xonani ohak bilan oqlanganini, lekin bu xona kimniki ekanligini bilmasa, bu xonaning sohibi dunyodan ketishiga dalildir. Agar tushida bir uyga qochib kirganini va bu xona boshqa xonalarga ulanib ketganligini ko‘rsa, ranju g‘amdan qutulishyni, agar bemor bo‘lsa shifo topishini bildiradi. Agar tushida uyining eshigi sinib ketganligini ko‘rsa, mol sarflashiga dalil bo‘ladi. Agar tushida uyi odatdagidan kattaroq bo‘lib qolganligini ko‘rsa, molu ne’mati farovon bo‘lishiga dalildir, bordi-yu, buning aksini ko‘rsa, molu ne’mati kam bo‘lishiga dalildir.


Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida uyining yiqilganini yoki devori qulab ketganini ko‘rsa, ko‘p mol topishiga dalildir. Agar tushida uyining sababsiz xarob bo‘lganligini ko‘rsa, pulu mol topishiga dalildir. Agar tushida uyi po‘latdan ekanligini ko‘rsa, boy bo‘lishini bildiradi. Agar tushida uyi kumushdan ekanini ko‘rsa, tavba qilishi zarurdir. Alloh ta’olo aytadi: . . .Rahmonga kofir bo‘ladigan kimsalarga uylarining shnftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo‘ygan bo‘lur edik (Zuxruf surasi, 33-oyat). Agar tush ko‘ruvchi boy bo‘lsa, ne’mati yanada ziyoda bo‘ladi. Agar tushida uyining atrofida boshqa hech qanday uy yo‘qligini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda soch, soqol, jun ko'rsa nima bo'ladi

SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir. Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik...

Tushda xurmo, xurmo mevasi ko'rsa nima bo'ladi

XURMO Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi xurmo mol va boylik bo‘ladi. Tushida xurmo yeganini ko‘rsa va yeyuvchi ilm ahlidan bo‘lsa, ilmining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar savdogar bo‘lsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalildir....

Tushda eshak ko'rsa nima bo'ladi

ESHAK (XAR) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushda eshakni ko‘rmoq baxt va ulug‘lik bo‘ladi. Eshakdagi yaxshilik va yomonlik tush ko‘ruvchiga qaytuvchidir. Agar tushida eshak o‘z mulki bo‘lganini yoki uyga kirib kelganini, eshakni ushlab, bog‘lab...



Fikr qo'shish

Наверх