Tushda sut ko'rsa nima bo'ladi

SUT Tushdagi sut qanchalik toza va shirin bo‘lsa foydasi shunchali ko‘p bo‘ladi. Agar sutni ko‘zachada ko‘rsa, molning ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar sutning nordon ekanini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar tushida toza sutdan ichganini ko‘rsa, halol molga dalildir. Agar ayol kishi ko‘kragida sut to‘planganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar sut sog‘ayotganini, biroq sut o‘rniga qon chiqayotganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir.

Agar tushida o‘z ko‘kragidan sut emayotganini ko‘rsa, kasbida nuqson yuz berishiga dalil bo‘ladi. Agar biror kishi chaqaloqqa aylanib, sut emayotganini ko‘rsa, maqsadidan qaytishiga dalildir.


Ibrohim (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yovvoyi qayvonlarning suti ozgina molga dalildir. Agar qulonning sutini ichayotganini ko‘rsa, salohiyatga dalil bo‘ladi. Agar tuya sutini ichayotganini ko‘rsa, farovonlikka dalildir. Agar ohu sutini ichayotganini ko‘rsa, rizqi keng bo‘lishiga dalildir. Echki sutini ichayotganini ko‘rsa, birorta ayoldan foyda topishiga dalildir.

Agar qoplon sutini ichayotganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalildir.

Jobir (r.a.)ning aytishicha, agar tushida echki sutini ichsa, dushman molini tortib olishiga dalil bo‘ladi. Agar tushida fil sutini ichsa, bir ulug‘ odamdan mol hosil qilishiga, govmish sutini ichsa, birorta ayoldan zahmat yetishiga dalildir. Agar cho‘chqa sutini ichsa, aqlsiz bo‘lishiga, bo‘ri sutini ichsa, xotini unga xiyonat qilishiga dalildir. Agar tushida qo‘y sutini ichsa, halol mol topishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi go‘shti harom har qanday hayvonning suti g‘amga, halol hayvonning suti mol topishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda sigir va buqa ko'rsa nima bo'ladi

SIGIR VA BUQA (GOV) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida molning ustida o‘tirganini va mol o‘ziniki ekanini ko‘rsa podshohdan amalga ega bo‘lishi va xususan, mol qora bo‘lsa, undan ko‘p foyda ko‘rishiga dalildir. Agar sariq buqani ko‘rsa, bemorlikka...

Tushda tuya, tuya bolasi ko'rsa nima bo'ladi

TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda...

Tushda echki ko'rsa nima bo'ladi

ECHKI (BO‘Z) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda echki ulug‘ bir kishini bildiradi. Moda echki esa ayolni bildiradi. Agar notanish echkini o‘ldirganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishining g‘alaba qazonishini anglatadi. Agar echkining po‘stini shilib...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...



Fikr qo'shish

Наверх