Tushda yo'talmoq ko'rsa nima bo'ladi

YO‘TALMOQ (SO‘RFIDAN) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi yo‘talish besh narsani bildiradi: ho‘l yo‘talini; quruq yo‘talni; balg‘amni; qonli yo‘talni; safroli yo‘talni.

Agar yo‘talganda balg‘am chiqqanini ko‘rsa, o‘ziga yetgan balo va kulfatdan yoki yo‘qolgan molidan bir odamga shikoyat qilishiga dalildir. Agar quruq yo‘tal bo‘lganini ko‘rsa, amalga oshmaydigan va behuda shikoyat qilishiga dalildir. Yo‘talganda safro chiqqanini ko‘rsa, badfe’l kishi ekaniga, har kim undan shikoyat qiladigan kishi ekaniga dalildir. Agar bir ulug‘ odamning oldida yo‘talganini ko‘rsa, o‘z shikoyatini amaldor odamga aytishiga dalildir. Agar ohista yo‘talayotganini ko‘rsa, dinga g‘amxo‘r bo‘lishiga dalildir.


Kirmoniyning aytishicha, tushda yo‘talganini ko‘rsa, kimdir undan shikoyat qilishiga dalildir. Agar yo‘tal tutayotganini ko‘rsa, bu notavonlikka dalildir.

Jobirning aytishicha, agar yo‘tal tomog‘ida qolganini, yo‘tala olmayotganini ko‘rsa, uning halok bo‘lishiga dalildir. Agar unda yo‘tal paydo bo‘lganini, bu yo‘tal kasal yo‘tali kabi bo‘lib, balg‘am tashlayotganini ko‘rsa, g‘am va qayg‘udan judo bo‘lishiga dalildir. Agar unda yoshlar yo‘tali paydo bo‘lganini ko‘rsa, yuqoridagi ta’birga egadir.

Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida yo‘talayotganini ko‘rsa unga podshohdan ranj va ofat yetishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda olat ko'rsa nima bo'ladi

Ibn Sirin: Agar erkaklar jinsiy a’zosini ko’rgan hotin kishi bo’lsa, eridan ajrashadi. Kim daryoga siysa, molga erishadi. Uylanmagan yigit hammomda bavl qilsa, uylanadi. Uylangan bo’lsa, hotini uchun mol sarflaydi. Agar biror idishga siysa, bo’ydoq...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda toziyona ko'rsa nima bo'ladi

TOZIYONA Doniyol (a.s.) aytadilarki, har kim tushida charxlab, silliqlangan toziyonaga ega ekanini ko‘rsa, ishlari uning maqsadi va niyatiga muvofiq bo‘lmasligini bildiradi....

Tushda tomoq ko'rsa nima bo'ladi

TOMOQ (GULU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tomog‘ini sog‘u salomat va hech qanday og‘riqsiz holda ko‘rsa, omonatni topishirishi va qarzidan qutilishini bildiradi. Agar tomog‘ida ranj va illat borligini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi....

Tushda o'lmoq ko'rsa nima bo'ladi

TUSHDA O‘LMOQ (MURDANDARXOB) Tushida o‘lib qolganini, odamlar yig‘layotganini yoki uni bog‘lab, kafanga olganlarini, tobutga solib, go‘rga ko‘yganlarini ko‘rsa, bularning barchasi dinda nosozlikning dalilidir. Agar uni go‘rda tiriltirib, tashqariga...



Fikr qo'shish

Наверх