Tushda zuluk ko'rsa nima bo'ladi

ZULUK (ZARQ) Bilginki, zuluk suvda yuradigan jonivor bo‘lib, forslar uni zarq deydilar.
Ibn Sirin aytadiki, tushdagi zuluk tamagir dushmandir.

Tushida zuluk uning badanidan qon so‘rayotganini ko‘rsa, dushman unga yopishishi va so‘rilgan qon mikdoricha boyligiga ziyon yetishiga dalildir. Agar zulukni o‘z badanidan yulib olib, o‘ldirsa, dushman ustidan g‘alaba qazonishiga dalildir.


Kirmoniy aytadiki, zuluk o‘z molini emas, o‘zgalarning molini yeydigan ayolga o‘xshaydi. Agar ko‘pgina zuluklarning o‘z badaniga yopishganini va qonini so‘rayotganini ko‘rsa, so‘rilgan qon miqdoricha moliga nuqson yetishiga dalildir.

Jobir aytadiki, agar zuluk badanida turganini, biroq qon so‘rmayotganini va tishlab, zarar yetkizayotganini ko‘rsa, dushmandan unga hech qanday zarar yetmasligiga dalil bo‘ladi. Agar zulukning tomog‘iga yopishib olganini ko‘rsa, dushman uning xonasida ekaniga va zulukning yetkazgan zararicha dushmandan unga zarar yetishiga dalildir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda ilon ko'rsa nima bo'ladi

ILON (MOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ilon yashirin yomonlikni ko‘zlovchi dushmandir. Tushida uyida ilon yurganini ko‘rsa, oiladagi dushmanni bildiradi. Agar dalada ko‘rsa, begona dushmanga dalildir. Tushida ilon bilan jang...

Tushda it, ko'ppak, kuchuk ko'rsa nima bo'ladi

IT (SAG) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi it pastkash dushmandir, biroq mehribon bo‘ladi. Tushdagi urg‘ochi it pastkash ayol bo‘ladi. Qora it arablarda bo‘lgan dushmanni bildiradi, oq it ajamlik dushman bo‘ladi. Tushida itning o‘ziga qarshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...

Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq ko'rsa nima bo'ladi

QON OLDIRMOQ (RAG KUSHODAN) ~ Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushda qon oldirganini ko‘rsa, do‘stidan bir so‘z eshitishi yoki moli taroj bo‘lishiga dalildir. Tushida tomir ochtirganini va undan qon kelganini ko‘rsa, sultondan unga zahmat yetishini...

Tushda qoplon ko'rsa nima bo'ladi

QOPLON (YUZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qoplon dushmandir. Tushida qoplon bilan jang qilganini va uni yengganini ko‘rsa, dushman ustidan g‘alaba qilishiga dalildir....



Fikr qo'shish

Наверх