Tushda yoqut ko'rsa nima bo'ladi

YOQUT (YOQUT) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida qizil yoki yashil yoquti borligini ko‘rsa, pokiza va yaxshi ayolga uylanishiga yoki chiroyli qiz tug‘ilishiga dalildir. Agar nuqsonli yoquti borligini ko‘rsa, ayoli unga harom bo‘lishiga dalildir.

Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida yashil yoquti borligini ko‘rsa, aslzoda va nasabi soz chiroyli ayolga uylanishiga dalildir. Agar xotini bo‘lsa, qiz tug‘iladi. Agar kir yoquti borligini ko‘rsa, farzandi buzuq bo‘ladi.


Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida qizil yoquti borligini ko‘rsa, boy va chiroyli xotin olishiga dalildir. Agar yashil yoquti borligini ko‘rsa, porso va siyrati soz ayolga uylanishini bildiradi. Agar sariq yoquti borligini ko‘rsa, o‘sha ayol kasalmand bo‘lishiga dalildir. Agar yoquti oq bo‘lsa, oladigan ayoli qiz, zohida va soliha bo‘lishiga dalildir.

Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushidagi yoqut olti narsani bildiradi: molnii; kanizakni; ilmni; o‘g‘ilni; yaxshi erkakni; yosh hamda balog‘atga yetgan qizni.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.


O'hshash ma'lumotlar

Tushda la'y, yoqut ko'rsa nima bo'ladi

LA’L (LA’L) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yoqut chiroyli va badavlat ayoldir. Tushida yoqut topganini yoki birov unga berganini yoxud sotib olganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi xotin olishi yoki aqlli va pokiza kanizak sotib olishiga...

Tushda libos ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda ko'rpa-to'shak ko'rsa nima bo'ladi

KO‘RPA-TO‘SHAK, O‘RIN (BISTAR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi o‘rin xotin bo‘ladi, o‘rinning yaxshiyomonligi xotinning yaxshi-yomonligiga taalluqlidir. Agar tushida o‘rnini almashtirsa, yoki bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa o‘tsa, xotin...

Tushda libos, kiyim ko'rsa nima bo'ladi

LIBOS (JOMA) Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi kiyim erkak kishining kasbu kori bo‘ladi. Agar o‘z kiyimini yaxshi holda ko‘rsa, kasbu kori yomon bo‘lishiga dalildir. Agar podshoh tushida o‘z kiyimining qora ekanini ko‘rsa, ahvolining yaxshi...

Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri ko'rsa nima bo'ladi

OLOV (OTASH) Doniyol (a.s.) aytadilarki, kimki tutunsiz olov ko‘rsa, podshohga yaqinlashadi, yurishmagan ishlari yurishadi. Birov uni olovga tashlaganini va olovda yonganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishiga dalildir, lekin tezda ozod bo‘ladi va...



Fikr qo'shish

Наверх