Osmon qorni eladi

Osmon qorni eladi

Osmon qorni eladi,
Yerni oqqa beladi,
Xuddi yumshoq parto'shak,
Dumalaging keladi.
Qor yog'ar-ey, qor yog'ar,
To'lib dala-qir yog'ar,
Boshimizdan sochqiday,
Oq marvarid, dur yog'ar.
Xo'p yaxmalak otamiz,
Goho qorga botamiz,
Qizib jo'shar jon tanda,
Kim deydi sovqotamiz?
Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,
Oppoq qor— kumush yaxshi.
Bir-birovga qor otib,
Qiyqirib quvish yaxshi.
Qorto'plarni otamiz,
Rosa kulib qotamiz.
Pisand qilmay ayozni,
Qish zavqini totamiz.
Qor yog'ar-ey, zo'r yog'ar,
Xo'p quvnatib dillarni,
Zavqimizga jo'r yog'ar.



O'hshash ma'lumotlar

Laylak qor

Qor yog'ar elak-elak, Yog'ar bo'lib charxpalak. Qo'ngan zamon kaftimga, Erib ketar taftimga. Quvnoq qor, Oppoq qor....

Tushda jon ko'rsa nima bo'ladi

JON Muhammad ibn Sirin aytadiki, tushdagi jon farzand, mol yoki itoatkor ayolni bildiradi. Agar jon tanidan chiqqanini ko‘rsa, farzandi, ayoli o‘lishiga yoki molining yo‘q bo‘lishiga yoxud halok bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z jonini yaxshi bir erkak...

Tushda kumush, kumush tanga ko'rsa nima bo'ladi

KUMUSH (NUQRA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ko‘p odamlar tushida kumush ko‘radilar, o‘ngida ham kumush topadilar, ko‘pincha zahmatga tushadilar. Tushda kumush ko‘rish to‘g‘ri xabarga dalil bo‘ladi. Singan kumush yolg‘on xabarga dalildir. Agar...

Tushda marvarid ko'rsa nima bo'ladi

MARVARID (MARVORID) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi marvarid g‘ulom yoki kanizakning farzandi bo‘ladi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi marvarid chiroyli kanizak yoki go‘zal xotin bo‘ladi. Boshqalarning aytishicha, tushdagi yirik...

Tushda osmon ko'rsa nima bo'ladi

OSMON Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, kimki o‘zini birinchi osmonda ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalil bo‘ladi. O‘zini ikkinchi osmonda ko‘rsa, ilmu donish hosil bo‘lishiga dalildir. Agar uchinchi osmonda ko‘rsa, bu dunyoning izzat va...



Fikr qo'shish

Наверх