
Qaymoqni ko‘pchilik shunchaki oziq sifatida tanovul qilinadi, deya o‘ylaydi. U nafaqat oziq, balki tashqi omil sifatida ham qo‘llaniladi.
Qaymoq moylarga, darmondorilarga va mikroma’danlarga boy mahsulot hisoblanadi. Quyida bu borada dorinomalarni e’tiboringizga havola qilamiz:
- Kamqonlik (anemiya)da: 1 osh qoshiq qaymoq 2 osh qoshiq sachratqi (sikoriya) giyohi damlamasi bilan obdan aralashtiriladi. Aralashma kuniga 3-4 mahal taomdan yarim soat oldin qabul qilinadi. Sachratqi damlamasini tayyorlash uchun giyohdan 1 choy qoshiq olib, 200 ml qaynoq suvga solinadi. 1 soat mobaynida iliq holida dam beriladi. So‘ngra suziladi.
- Urug‘larni ko‘paytiradi. Qaymoq muntazam ravishda tanovul qilib yurilsa, erkak a’zoi tanasida urug‘ hosil bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi. Agar kundalik taom ratsioniga qaymoq bilan petrushka ko‘kati kiritilsa, bu omuxta aralashmasi erkaklarning «ikkinchi yuragi» — prostata beziga ijobiy ta’sir qiladi. Asta-sekinlik bilan prostata shamollashini davolaydi, jinsiy a’zoga yaxshi malham bo‘la oladi.
- Belangi (radikulit): 2 osh qoshiq qaymoq, qirg‘ichdan chiqarilgan 2 osh qoshiqdan yerqalampir (xren) va turp olinadi-da, yaxshilab aralashtiriladi. Biror matoga qo‘yib, ozorlangan joyga bozillatma qilinadi. Pergament qog‘oz ustidan jun mato bilan o‘raladi. Muolaja kunora og‘riq bartaraf bo‘lgunga qadar kechasi bajariladi.
- Tomoq og‘rig‘ida: Bu a’zo og‘rishi bilanoq qaymoq yordam beradi. Bunda kuniga 2 mahal erta va kech payti 50 g.dan qaymoq iliq holida qabul qilinadi. Qaymoqni darhol ichmaslik darkor, og‘izda ushlab, asta-sekinlik bilan so‘riladi.
- Emizikli ayollarda sut kam bo‘lganida: 200 g qaymoqga 1 osh qoshiq qora zira (tmin) urug‘i qo‘shiladi. Aralashtirib, past olovda 5 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Keyin aralashma to‘rtga bo‘lib, kun davomida iste’mol qilinadi. Davolash jarayoni ko‘krak suti miqdori ko‘paygunga qadar davom ettiriladi.
O'hshash ma'lumotlar
Shakar va sut haqiqatan ham sportdagi muvaffaqiyatingiz va sog'lig'ingizni o'ldiradimi?Biz ushbu mahsulotlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni tushunamiz....
Diyeta va sport zalisiz vazn yo'qotishni boshlash uchun 10 ta maslahatTurmush tarzingizni o'zgartiring va vazn yo'qola boshlaydi....
Inson haqida 100 ta qisqa va qiziqarli faktlar1. Tananing qon bilan ta'minlanmagan yagona qismi - bu ko'zning shox pardasi. U kislorodni bevosita havodan oladi....
Homiladorlar uchun gimnastikaHomiladorlik avvalari ayol kishiga dam olish zarur boʻlgan, hayot esa oson kechadigan davr kabi qabul qilingan. Bu tushuncha bola uchun ehtimolli salbiy oqibatlar va ona organizmining ortiqcha zoʻriqishi boʻyicha havotirlarga asoslangan. Biroq, endi...
Emizikli ayol ovqatlanish tartibiEmizikli ayol qatʼiy diyetaga rioya etishi kerak degan fikr barchamizga maʼlum. Bunday tushuncha notoʻgʻri – emizikli ayol ovqatlanish ratsioni toʻliq va toʻgʻri boʻlishi zarur, chunki ayol kishi isteʼmol qilgan mahsulotlar koʻkrak bezlarida sutga...